Kun.uz manbasi xabar berişiça, Elmira Bositxonova yangi taşkil etilgan Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Elmira Bositxonova 1958 yilda tuğilgan, 1981 yilda Toşkent davlat tibbiyot institutining «davolaş işi» yönalişini tamomlagan. 1981-2011 yillarda şifokor-intern, anesteziolog-reanimatolog, bölim boşliği, Toşkent şahar tez tibbiy yordam klinik şifoxonasi boş şifokori.
2011-2016 yillarda Boş vazir örinbosari – Xotin-qizlar qömitasi raisi lavozimida işlagan, keyin Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari lavozimiga ötkazilgan Elmira Bositxonova 2019 yilning yozida yana hukumat a'zoligiga qaytarilgan, 2020 yilning yanvarida lavozimga qayta tasdiqlangandi.
Eslatib ötamiz, 18 fevral kuni Özbekiston Prezidentining «Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni soğlomlaştiriş, mahalla institutini yanada qöllab-quvvatlaş hamda oila va xotin-qizlar bilan işlaş tizimini yangi darajaga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoniga muvofiq Boş vazir örinbosari – Xotin-qizlar qömitasi raisi lavozimi tugatildi.
Xuddi şu farmon bilan Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi tuzilgan.
- 18 fevral kuni Qonunçilik palatasi deputatlari «Mahalla» kengaşi raisi Rahmat Mamatovni Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vaziri lavozimiga nomzod sifatida ma'qullaşgandi.
- 19 fevral kuni Içki işlar vaziri örinbosari Aziz Ikromov öz lavozimini saqlab qolgan holda vazir örinbosari lavozimiga tayinlangan, şuningdek, «Mahalla» kengaşi raisi örinbosari lavozimida işlab kelayotgan Botir Parpiyev vazir örinbosarlaridan biriga aylangan.













