Putin: «Bu Rossiyaning tarixiy hududi»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Stiv Uitkoff bilan uçraşuvdan keyin davlat televideniesiga intervyu berdi.«U uç tomonlama aloqalarni qayta tiklaşga tayyor ekanini» tasdiqladi.
«Maqsad - tinçlik bitimlariga erişilganidan keyin Ukraina va Rossiya xavfsizligini taʼminlaşni muhokama qiliş böladi. Bunda bitimlarning yakuniy varianti nazarda tutiladi, jangovar harakatlarni qandaydir qisqa muddatga töxtatiş emas», dedi Putin.
Şuningdek, Putin Ukraina rahbariyatining hududlardan ayriliş haqidagi gaplarini örinsiz deb atadi. «Bu ularning hududi emas. Bu tarixan Rossiya hududi», dedi u. Putinga köra, Ukrainaning tört viloyati aholisi 2022-yilgi referendumlarda Rossiyaga qöşilişga ovoz bergan. Xalqaro hamjamiyatning katta qismi bu referendumlarni tan olmagan.
Şu bilan birga, Putin kelişuv imkoniyati borligini ham aytdi. «Mayli, kimdir boşqaça fikrlaşni, boşqaça öylaşni xohlaydi... Lekin hamma narsani kelişib oliş mumkin», dedi u.
Putin yana Rossiyani jang maydonida yengib bölmasligini va ular uruşdagi barça maqsadlariga erişişini ham taʼkidladi. Rossiya rahbariga köra, Ukraina armiyasida 500 ming dezertir bor va ular oldingi çiziqqa taşlanmoqda.
Putinga köra, Yevropa davlatlari rahbariyati Rossiyaga qarşi kampaniya olib bormoqda va doimiy ravişda u bilan mojaroga tayyorgarlik haqida gapirmoqda. Biroq «Rossiya Yevropa bilan heç qanday uruşga tayyorgarlik körmayapti».
Muzokaralarda şu kungaça Moskva Ukrainadan Donbassni töliq berişni talab qilib keladi. Kiev esa öz nazoratidagi yerlardan voz keçişni rad etadi. Moskva, şuningdek, Ukraina armiyasining sonini çeklaş va uning harbiy ittifoqlarga qöşilişini doimiy taqiqlaşni talab qilmoqda. Kiev bu şartlarni ham taslim böliş talabi deb baholaydi.
Kremlga yaqin manbalarga köra, AQŞ vakilining Putinga takliflari orasida bir ssenariy bor. Unga köra, Ukraina Donbassni Rossiyaga beradi va evaziga NATOdan kelajakdagi xavfsizligi uçun kafolat oladi. Bu maʼlumotlar rasman tasdiqlanmagan.
Frontda esa tomonlar bir-biriga hujumlarni töxtatmayapti.
Tayvanga yirik tayfun yopirilmoqda
23-oktabr kuni kuçli şamol va jala olib kelayotgan “Champi” tayfuni yaqinlaşişi sababli Tayvanning deyarli barça hududlarida maktablar, davlat idoralari hamda moliya bozorlari yopildi.
















