AQŞda jonli efirdagi qatl
AQŞ armiyasining sobiq psixiatri Nidal Hasanni otib, qatl etiş jarayonini jonli efirda körsatiş rejalaştirilmoqda. Bu haqda Pentagon rasmiysi Reuters'ga maʼlum qildi. AQŞ mudofaa vaziri Pit Hegset ham bu rejani tasdiqladi.
Mayor Nidal Hasan 2009-yilda Texas ştatidagi Ford Hud harbiy bazasida 13 nafar qurolsiz safdoşini öldirgan, 32 kişini yaralagandi.
Qatl 3-dekabr kuni otişma sodir bölgan Fort-Hud bazasining özida ötkaziladi. Hegsetning aytişiça, kun va vaqt 2009-yildagi hujumga moslab tanlangan. "Odamlar buni köra olişi, jarayon oçiq bölişi kerak. Çunki bunday işlar uçun jiddiy oqibatlar borligini tuşunişlari lozim", dedi u.
Hozir 56 yoşda bölgan Hasanga 2013-yilda hakamlar hayʼati ölim jazosini tayinlagandi. U qasddan odam öldiriş va qasddan odam öldirişga suiqasd qiliş böyiça önlab jinoyatlarda aybdor deb topilgan. AQŞ harbiy qonunlariga köra, otib qatl etişni prezident tasdiqlaşi kerak. Donald Tramp Hegsetning tavsiyasi bilan bu qatlga rozilik bergan.
Hasan 1945-yildan beri AQŞ armiyasi tomonidan otib qatl etiladigan birinçi şaxs böladi. Mutaxassislarning qayd etişiça, dunyoda qonuniy qatlni televideniye yoki internet orqali jonli körsatgan davlat maʼlum emas. AQŞdagi sönggi qonuniy, ommaviy qatl 1936-yilda ötkazilgandi.
Kramatorskda dahşatli hujum
8-oktabr kuni Ukrainaning Donetsk viloyatida – frontga yaqin Kramatorsk şahrida Rossiya boşqariladigan aviabomba bilan ikki yölovçi avtobusiga zarba berdi. Qutqaruvçilar maʼlumotiga köra, hujum oqibatida kamida 30 kişi halok bölgan. Yaqin atrofdagi Bilenke qişloğida ham yana uç kişi öldirilgan.
Donetsk viloyati rahbari Vadim Filaşkinning aytişiça, qurbonlardan taşqari yana 18 kişi yaralangan. U Rossiyani iloji boriça köproq tinç aholini öldiriş uçun yölovçi avtobuslarini nişonga olişda aybladi. Filaşkin viloyatda qolgan aholini Ukrainaning xavfsizroq hududlariga köçişga çaqirdi.
Mahalliy prokuratura eʼlon qilgan suratlarda yonib ketgan avtobus qoldiqlari va yölda yotgan qurbonlar aks etgan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bu zarba javobsiz qolmasligini aytdi. "Rossiya Donbassdagi butun hayotni yöq qilişga urinmoqda va dunyo bunga munosabat bildirişi kerak. Qattiq munosabat bildirişi kerak", deb yozdi u. Zelenskiy, şuningdek, hamkorlarni Ukrainani himoya qiliş uçun yangi mudofaa paketlari orqali aniq çoralar körişga çaqirdi.











