«Adolat» SDP fraksiyasi taşabbusi bilan bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş tizimini takomillaştirişga qaratilgan qonun loyihasi işlab çiqilib, Qonunçilik palatasiga kiritildi.

Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Kengaşining yiğilişida qonun loyihasini Qonunçilik palatasining navbatdagi yalpi majlisi kun tartibiga kiritiş haqida tegişli qaror qabul qilindi hamda palataning Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş masalalari qömitasi uşbu qonun loyihasiga masʼul etib belgilandi.

Mazkur qonun loyihasi bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeks hamda qator qonun hujjatlariga bolalarga nisbatan zöravonlik holatlari uçun javobgarlik çoralarini keskin kuçaytirişga qaratilgan tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritiş közda tutilgan.

Qonun loyihasi 29-sentabr kuni ötkaziladigan quyi palataning navbatdagi majlisida körib çiqiladi.

Kontekst

Özbekistonda bolalarga nisbatan sodir qilingan zöravonlik uçun jazoni kuçaytirişga çaqiriqlar Namangan viloyatidagi mudhiş jinoyat oşkor bölganidan söng yangray boşladi.

Uçqörğon tumanidagi davlat boğçasida 5 yoşli qizga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etilgani haqida 23-sentabr kuni xabar berildi. Bolaning yaqinlariga köra, u boğçaning 52 yoşli xöjalik işlari bölimi mudiri tomonidan bir neça marta zöravonlikka uçragan. Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, gumonlanuvçi qamoqqa olindi.

26-sentabr kuni Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi voqeani örganiş uçun işçi guruh tuzilgani, daxldor deb topilgan boğça xodimlari bilan mehnat şartnomalari bekor etilganini maʼlum qildi.

Bolalar ombudsmani vazirlikka taqdimnoma kiritib, masʼullarning javobgarligi masalasini körib çiqiş, voqeaga imkon bergan sabablarni bartaraf etiş, boğçalarda bolalar xavfsizligi va içki nazorat mexanizmlarini kuçaytirişni söradi.