Özbekiston baholovçilari jamiyati raisi Zebuniso Esonova va baholovçi ekspert Şuhrat Abduvahobov Kun.uz’ga bergan intervyusida ommaviy baholaş natijalaridan jamoat ehtiyojlari uçun olib qöyiladigan mulkka kompensatsiya belgilaşda foydalaniş yuzasidan öz xavotirlarini bildirdi.

Ularning fikriça, ommaviy baholaş orqali aniqlanadigan “bozorga yaqin qiymat” muayyan köçmas mulkning bozor qiymati örnini bosa olmaydi. Soliq hisoblaş uçun pastroq belgilangan qiymat kompensatsiyaga asos qilib olinsa, bu mulkdorning zarariga işlaşi mumkin.

“Bozor narxidan past bölsa, mulkdor manfaatiga zarar yetadi”

Şuhrat Abduvahobovning tuşuntirişiça, ommaviy baholaşda köçmas mulklar guruhlarga ajratilib, umumlaştirilgan maʼlumotlar asosida qiymat aniqlanadi. Kompensatsiya esa aniq bir mulk uçun tölanadi. Şu sababli uning individual xususiyatlarini örganiş zarur.

“Ommaviy baholaşda köçmas mulklar bir tip böyiça guruhlaştirilib, olingan maʼlumotlar bitta etalon narxga keltiriladi. Keyin şu narx köçmas mulkning maydoniga köpaytirilib, qiymat aniqlanadi.

Kompensatsiya miqdorini aniqlaşda buni qöllaş mumkin emasligining sababi - individual yondaşuv yöq. Kompensatsiya qilinayotgan obyektning haqiqiy qiymati örtaça qiymatdan past ham, yuqori ham bölişi mumkin. Yuqori bölsa, mulkdor manfaatlariga zarar yetadi. Past bölsa, davlat manfaatlariga ham zarar yetişi mumkin”, - dedi u.

Ekspert intervyuda ommaviy baholaş natijalari bozor qiymatidan past şakllangan holatga alohida töxtaldi. Uning aytişiça, bunday qiymatdan kompensatsiya hisoblaşda foydalaniş mulkdorga uyining bozor narxini oliş imkonini bermaydi.

“Agar markaz xodimlari “bozor qiymatidan ança past baholaganmiz” deb aytişayotgan bölsa, kompensatsiya miqdori aniqlanayotganda bu öz-özidan bozor narxini bermaydi, undan kam narxni beradi. Bu mulkdorning manfaatiga zarar yetkazadi.

Ayrim fuqarolar, xususan, yakka tartibdagi turar joy, hovli egalari baholaş natijasi real bozor qiymatidan ança pastligini aytişyapti. Ertaga davlat, jamoat ehtiyojlari uçun yer maydoni olib qöyiladigan bölsa, ommaviy baholaş natijalarini kompensatsiya uçun qöllaş mulkdorlarning manfaatiga zarar yetkazadi”, - dedi Abduvahobov.