Mazkur imtiyoz Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qarorida belgilangan.

Unga koʻra, tegishli toifadagi xodimlarning respublika oliy taʼlim tashkilotlari bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan farzandlari uchun yillik toʻlov-kontrakt summasining 30 foizi qoplab beriladi.

Bunda subsidiyaning eng yuqori miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmasligi kerak. Yaʼni kontraktning 30 foizi ushbu chegaradan yuqori boʻlsa, toʻlov belgilangan limit doirasida amalga oshiriladi.

Xabarga koʻra, ariza topshirgan va murojaati tasdiqlangan xodimlarning farzandlari oʻqiyotgan oliygohlarga mablagʻlar kelib tusha boshlagan.