Özbekiston hududida ayrim ijtimoiy tarmoqlar faoliyatining çeklanişi ortidan 2 iyuldan boşlab özbekistonliklar Twitter, TikTok, Skype va Vkontakte platformalariga kirişda muammolarga duç kelmoqda.

Uşbu muammolarni çetlab ötiş maqsadida ijtimoiy tarmoqlardan turli VPN ilovalar orqali foydalaniş holatlari köpaymoqda.

Şu bilan birga, bu ilovalar orqali ijtimoiy tarmoqlarga kirayotgan foydalanuvçilarda bu harakat uçun javobgarlik mavjudmi, degan xavotir ham bor.

2018 yil 22 oktyabrdagi qonun bilan, telekommunikatsiya tarmoğidan qonunga xilof ravişda (ruxsatsiz) foydalanganlik uçun jinoiy (JK 278-7-moddasi) va ma'muriy (MJtK 155-2-moddasi) javobgarlik belgilangan.

Uşbu moddalarga köra:

  • örnatilgan himoya tizimlarini çetlab ötgan holda telekommunikatsiya tarmoğidan foydalaniş va xalqaro trafikni ötkaziş maqsadida telekommunikatsiya tarmoğidan qonunga xilof ravişda (ruxsatsiz) foydalaniş, şuningdek mazkur maqsadlar uçun möljallangan maxsus dasturiy yoki apparat vositalarini qonunga xilof ravişda (ruxsatsiz) saqlaş va ularning faoliyat körsatişi uçun şaroitlar yaratiş jinoiy javobgarlikka;
  • telekommunikatsiya tarmoğidan qonunga xilof ravişda (ruxsatsiz) foydalaniş, jinoyat alomatlari mavjud bölmagan taqdirda ma'muriy javobgarlikka sabab böladi.

Bu moddalarda keltirilgan huquqbuzarliklar aynan nimalarda namoyon bölişini bir öqişda tuşunib oliş imkonsiz.

Bu nimani anglatadi? Bu internet foydalanuvçisining VPN ilovasidan foydalangani javobgarlikni nazarda tutadimi?

Uşbu qonun qabul qilinişidan oldin uning loyihasi e'lon qilinganida ham jamoatçilikda şu kabi savollar tuğilgandi. Öşanda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi bu xavotirlarga javoban yuqoridagi moddalar VPN ilovalardan foydalanganlik uçun javobgarlikni nazarda tutmasligini bildirgan.

Jumladan, vazirlik Jinoyat kodeksidagi modda