Urgutdagi yangi masjidning oçiliş marosimida Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov, Din işlari qömitasi raisi Abduğofur Ahmedov, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va Urgut tuman hokimi boşçiligidagi mas'ullar iştirok etdi.

Qayd etilişiça, Urgut tumanining Mergança mahallasida bunyod etilgan yangi masjid 1,06 gektar maydonda bunyod etilgan. U ikki qavatdan iborat bölib, qariyb 10 mingga yaqin namozxonni siğdira oladi. Masjid xonaqohi 55x45 metr ölçamda qurilgan bölib, xonaqohning ikki çetida 18x45 metr ölçamda ayvon ham tuşgan. Masjid xonaqohi örtasidagi gumbazning balandligi 36 metr, masjid çetida joylaşgan törtta minoraning har biri 40 metrdan balandroq qilib qurilgan. Masjid binosining içi an'anaviy naqşlar bilan bezatilgan.

Masjidda zamonaviy tahoratxona va masjid xodimlari uçun barça qulayliklarga ega ikki qavatli ma'muriy bino ham qurilgan. Mazkur masjid Samarqand viloyatidagi eng yirik masjid hisoblanadi.

Ma'lumot uçun, «Urgut» markaziy jome masjidi oçilgandan söng, Özbekistondagi masjidlar soni 2085 taga, Samarqand viloyatidagi masjidlar soni esa 287 taga, Urgut tumanida esa 62 taga yetdi.