15:54 / 02.11.2021
2808

Ustyurtga Buxorodan Turkman qulonlari olib kelindi

Foto: Qoraqalpog‘iston Ekoqo‘mitasi

28-30 oktyabr kunlari “Jayron” pitomnigida ko‘paytirilayotgan turlarning populyatsiyasini saqlab qolish maqsadida “Mo‘ynoq kelajak bunyodkorlari” bilan shartnoma imzolandi.  Jami 13 bosh Turkman quloni Qoraqalpog‘istondagi “Saygachiy” qo‘riqxonasining Jiydali bo‘limiga ko‘chirildi.

Qo‘shimcha qilinishicha, yana 162 bosh Turkman qulonlarini buyurtma qo‘riqxona va “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘iga ko‘chirish rejalashtirilgan.

Foto: Qoraqalpog‘iston Ekoqo‘mitasi

Ma'lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan Buxoro ixtisoslashtirilgan “Jayron” pitomnigidan 175 bosh Turkman qulonlarini “Janubiy Ustyurt” milliy tabiat bog‘i va "Saygachiy” qo‘riqxonasiga ko‘chirish topshirig‘i belgilangan edi.

Foto: Qoraqalpog‘iston Ekoqo‘mitasi

Oldinroq Ustyurtdagi foto-qopqonga «Qizil kitob»ga kiritilgan jayronlar galasi tushib qolgandi.

Foto: Qoraqalpog‘iston Ekoqo‘mitasi
Top