«Saygaçiy» majmua (landşaft) buyurtma qöriqxonasi hududlarida örnatilgan fotoqopqonlar sayğoqlar tödasini suratga oldi. Bu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi xabar qildi.

Bundan bir yil avval ham sayğoqlar tödasi fotoqopqonga tuşgan, öşanda naq 35 boş sayğoqning köriniş bergani muhim hodisa bölgandi: oxirgi 5 yilda Özbekistonda sayğoq populyatsiyasi uçramagan.




Sayğoq qisqarib borayotgan tur sifatida Xalqaro va Özbekiston qizil kitoblariga kiritilgan.
2010 yilda Özbekiston va Qozoğiston hukumatlari örtasida sayğoqlarni muhofaza qiliş va köpaytiriş böyiça kelişuv imzolangan. Şu kelişuv asosida 2016 yilda Qozoğiston bilan çegaradoş hududda «Saygaçiy» majmua buyurtmaxonasi taşkil etilgan.
Ikki hafta oldin Qaşqadaryoda qor qoploni fotoqopqonga tuşgandi.












