«Özbekiston neft va gazi — 2026» xalqaro konferensiyasi doirasida «Özbekneftgaz», Ozarboyjonning SOCAR va Buyuk Britaniyaning BP kompaniyalari örtasida mahsulot taqsimotiga oid bitim imzolandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Marosimda energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov, «Özbekneftgaz» boşqaruv raisi Abduğani Sanginov, SOCAR prezidenti Rovşan Najaf hamda BPʼning Ozarboyjon, Gruziya va Turkiya böyiça mintaqaviy prezidenti Jovanni Kristofoli iştirok etdi.

Mahsulot taqsimoti bitimi Qoraqalpoğistondagi Ustyurt mintaqasida joylaşgan Boyterak, Terengquduq, Birqori, Haroy, Qoraqalpoq va Qulboy bloklarini qamrab oladi.

«Mazkur loyiha kompaniyaning Özbekistondagi ilk taşabbusi bölib, u «Özbekneftgaz» va SOCAR bilan hamkorlikda amalga oşiriladi. Katta resurs salohiyatiga ega bölgan uşbu loyiha neft-gaz resurslarini qidiriş va özlaştiriş işlarini amalga oşiriş, uzoq muddatli manfaatlar yaratişga xizmat qiladi. Şuningdek, mazkur mahsulot taqsimotiga oid bitim (MTB) BP kompaniyasining kidiruv portfelini kengaytiriş va uzoq muddatli ösiş strategiyasining muhim qismi ekani qayd etildi», deyiladi vazirlik xabarida.

Loyihadagi uluşlar quyidagiça taqsimlangan: BP — 40 foiz, SOCAR — 30 foiz, «Özbekneftgaz» — 30 foiz.

Ma’lumot uçun, 2025 yil 24 iyulda SOCAR va «Özbekneftgaz» örtasida Özbekiston hududida joylaşgan investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv işlari loyihasini amalga oşiriş böyiça «Qidiruv, işlab çiqiş va mahsulot taqsimoti töğrisida»gi bitim imzolangandi. Hisob-kitoblarga köra, loyiha doirasida 100 mln tonnagaça neft va 35 mlrd kub metr gaz zaxiralari aniqlanişi mumkin. Rejalaştirilayotgan investitsiyalar hajmi 2 mlrd dollar miqdorida baholangandi.