«Ezgulik, saxovat va muruvvat oyi bölgan muborak Ramazon oyi bu yil mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi tufayli uyda, oila davrasida, özaro ahillik va hamjihatlik muhitida munosib ötkazilmoqda. El-yurtimiz turli sinov va qiyinçiliklardan yanada kuçli va qudratli bölib ötgan holda, muqaddas Ramazon hayitini ertangi kunga katta işonç va xursandçilik bilan kutib olmoqda.

Uşbu uluğ ayyomning xalqimiz ma'naviy hayotida tutgan örni, uning jamiyatimizda saxiylik, şukronalik, mehr-oqibat kabi fazilatlarni qaror toptirişdagi ahamiyatini inobatga olib hamda milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş va uluğlaş maqsadida Özbekiston musulmonlari idorasining 2020 yilda Ramazon hayitining birinçi kuni 24 may – yakşanba kuniga töğri kelişi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, mamlakatimizda  2020 yil 24 may Ramazon hayiti bayrami sifatida nişonlansin», deyiladi qaror matnida.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita hamda jamoat taşkilotlari bilan hamkorlikda Ramazon hayiti karantin talablariga muvofiq, xalqning milliy va diniy an'analariga mos ravişda ötişi uçun tegişli çora-tadbirlarni amalga oşirişi belgilangan.