Samarqandda bölib turgan AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Kun.uz muxbiri savoliga javob berarkan, Vaşingtonning Özbekiston bilan munosabatlarida asosiy eʼtibor iqtisodiy imkoniyatlar va özaro manfaatli hamkorlikka qaratilayotganini bildirdi.
Kun.uz muxbiri:
- Janob davlat kotibi, bugungi uçraşuvda özbekistonlik hamkasbingiz bilan qaysi asosiy masalalarni muhokama qilasiz? Şuningdek, AQŞ prezidenti Markaziy Osiyoga, xususan, Özbekistonga qaçon taşrif buyurişni rejalaştirmoqda?
Marko Rubio:
- Prezidentning kelgusidagi safar rejalari haqida hozirça izoh berolmayman. Biroq biz bu taşrif amalga oşişini istaymiz. Kelgusi yil uşbu masala ustida işlab, qaysi sanalar maqbul bölişini körib çiqmoqçimiz.
Menimça, agar imkoniyat bölsa, prezident bu yerga kelişni xohlaydi. Uning özi ham şunday degan. Ammo prezidentning taşriflar jadvali haqida hozir aniq bir gap ayta olmayman.
Bugungi muzokaralarga kelsak, kun tartibimizda ikki tomonlama munosabatlarga oid köplab masalalar bor. Öylaşimça, dunyoning boşqa mamlakatlari kabi Özbekiston ham xalqaro maydonda sodir bölayotgan voqealarni, ularning global iqtisodiyotga taʼsirini diqqat bilan kuzatmoqda.
Şu bilan birga, ikki tomonlama munosabatlarimizda juda köp ijobiy özgarişlar yuz bermoqda. Eng muhimi, bizning munosabatlarimiz muammolar yoki ziddiyatlar emas, balki imkoniyatlar asosida rivojlanmoqda.
Özbekiston iqtisodiyoti jadal ösib borayotgan mamlakat. Bu yerda aholi farovonligini oşiriş uçun katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Amerika kompaniyalari ham bunga qiziqiş bildirmoqda. Biz hamkorlikni yanada qanday kengaytiriş mumkinligini örganiş uçun şu yerdamiz.
Menimça, bu xalqlarimiz va mamlakatlarimizni bir-biriga yanada yaqinlaştiradi. Çunki munosabatlarni özaro farovonlik va umumiy iqtisodiy manfaatlardan köra kuçliroq mustahkamlaydigan omil yöq. Biz aynan şu yönalişda işlaşni maqsad qilganmiz.
Rubio, şuningdek, Markaziy Osiyo AQŞ taşqi siyosatida yetarliça eʼtibor olmaganini eʼtirof etdi.
- Markaziy Osiyo sönggi 20 yil davomida siyosatçilarimiz tomonidan özi munosib bölgan eʼtiborni olmadi. Ammo bu holat özgarmoqda. Şuning uçun biz bugun şu yerdamiz.
Biz ötgan yili ham mintaqa rahbarlari va prezident bilan uçraşdik. Kongress delegatsiyalarini ham bu yerga köproq taşrif buyurişga undayman. Özim ham yana qaytib kelişga umid qilaman.











