Turkiya davlatçilik tarixi Usmoniylar imperiyasi tarixiga borib taqaladi. Biroq Mustafo Kamol Otaturk boşçiligidagi Turkiya 1923 yil 29 oktyabrda respublika deb e’lon qilinadi. Kun.uz sana munosabati bilan "Geosiyosat" loyihasi doirasida Turkiya Respublikasining Özbekistondagi elçisi Olgan Bekar bilan suhbatlaşdi.
Sizningça ortda qolgan 100 yil Turkiya davlatçilik tarixida mamlakat uçun asosiy voqealar qaysilar?
— Bilasizmi, respublikamizga asos solinganining 100 yilligini döst va birodar Özbekistonda nişonlaş biz uçun özgaça baxt. Şuni ta’kidlaş kerakki, Turkiya Respublikasi 100 yoşga tölgan bölişi mumkin, lekin Turkiya davlatçiligi tarixi 1000 yilliklarga borib taqaladi. Anadölu Selçiqulidan boşlab saqlanib kelgan davlatçilik an’anamiz asosida 1923 yilda respublikamizga asos soldik va bugun uning 100 yilligini nişonlamoqdamiz. Usmonlilar imperiyasidan qolgan merosimiz asosida zamonaviy Turkiyaga asos soldik va aynan öşa meros bergan asoslar yordamida 100 yildan beri zamonaviy Turkiyani rivojlantiriş ustida tinimsiz işlar olib boryapmiz.
Ma’lumki, Turkiya Osiyo va Yevropani boğlovçi köprik hisoblanadi. Ammo kuzatib turibmizki, Yaqin Şarq mintaqasida fundamental özgarişlar sodir bölmoqda. Şunday şaroitda Turkiyaning taşqi siyosati va uning ustuvor maqsadlari haqida fikrlaringiz bilan örtoqlaşsangiz?
— Agar Özbekiston misolida qaraydigan bölsak, xalqaro maydonda çindan ham boşqaça tahdidlar va tavakkalçiliklarni kuzatişimiz mumkin. Bunday holatlar moziyda ham kuzatilgan, albatta, tarixga qaraydigan bölsak, öşa davrlarda ham uruşlar va ziddiyatlar mavjud bölgan. Xalqaro hamjamiyat hozirda ham köplab sinovlarga duç kelmoqda. Ikkinçi jahon uruşidan keyin örnatilgan xalqaro tartib-qoidalar özgarib bormoqda, ularning buziliş holatlarini kuzatyapmiz. Yaqin ötmiş yoki bugungi kundagi muammoli voqealarga pandemiya, Rossiya-Ukraina mojarosi, Afğonistondagi voqealarning mintaqaga ta’siri va Isroil hamda Falastin örtasidagi ziddiyatni misol qilişimiz mumkin. Şu vaqtgaça mavjud bölgan va bizga örgatilgan xalqaro tartib-qoidalarning yuqorida sanab ötilgan voqealar tufayli tanazzulga yuz tutayotgani bizni taşvişga solmay qöymaydi, albatta. Özingiz ham guvohi bölayotganingizdek, bunday holatlar Turkiyaning milliy xavfsizligiga ham salbiy ta’sir körsatyapti. Aynan mana şunday qaynoq mojarolar davrida ham respublikamizning 100 yilligini nişonlayotganimiz, albatta, özgaça mazmunga ega. Öz navbatida Özbekiston mustaqilligining 32 yilligini nişonlaşi ham kelajakka umid bilan qaraşga imkon beryapti. Demakki, turkiy davlatlar öz mustaqilligining bardavomligini ta’minlay olyapti va tarix guvohki, bu avvaldan şunday bölgan. Mana şunday qaltis vaziyatda ham turkiy davlatlar taşkilotidagi birdamlik va hamkorlikni köriş, ularning qiyinçiliklarga qaramay, barça platformalarda, ya’ni Markaziy Osiyo davlatlari yetakçilari platformasi yoki ikki tomonlama platformalarda birdamlikni saqlab qolişi juda katta ahamiyatga ega deb hisoblayman.
Sönggi 5 yil Turkiy davlatlar tarixida özlikni anglaş darajasi ortgandek, bunga yaqqol misol Turkiy davlatlar taşkiloti faoliyatidir. TDT yaqin kelajakda Markaziy Osiyoning bir qismi bölgan Tojikistonni ham taşkilotga integratsiya qilişi mumkinmi?
— Savolingizni ikki qismga bölib javob beradigan bölsam, albatta, sönggi 5-6 yil içida Turkiy davlatlar taşkilotining çindan ham ança kuçaygani va mustahkam faoliyat olib borayotganini körişimiz mumkin. Bundan oldingi savolingizda xalqaro miqyosdagi inqirozlar borasida söz yuritgan edik va ular keyingi 5-6 yil içida yuzaga keldi va hozirgaça davom etib kelyapti. TDT esa bu davrda juda katta rivojlaniş bosqiçini bosib ötdi. Bu şuni anglatadiki, turkiy davlatlar xalqaro inqirozlar fonida ham öz hamkorligini kuçaytirib, yangi bosqiçga olib çiqmoqda. Şuni alohida ta’kidlaş kerakki, 2019 yilda Şavkat Mirziyoyevning taşabbusi bilan Özbekistonning taşkilotga a’zo bölişi uning faoliyatidagi jadallikni ta’minlab berdi. Natijada hozirgi kunda turkiy davlatlar birgalikda insonlar hayotining har bir sohasini qamrab oladigan köplab iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy tadbirlarni ötkazmoqda. Bugungi kunga kelib, TDTga a’zo davlatlarni rivojlantiriş uçun juda köp rejalar amalga oşirilyapti, masalan, xabaringiz bor, 2040 yilgaça möljallangan strategiya qabul qilingan. Bundan taşqari, investitsiya fondi loyihasi ham qabul qiliniş arafasida turibdi, şuningdek, noyabr oyida Ostona şahrida bölib ötadigan navbatdagi sammitda ham qator masalalar kun tartibiga qöyilgan. Tojikiston masalasiga keladigan bölsak, masalaga Özbekistondan turib munosabat bildiradigan bölsam, taşkilotga a’zo bölişning öziga yaraşa şartlari mavjud. Naxçivan bitimi bandlarida esa, taşkilotda kuzatuvçi maqomini oliş şartlari birma-bir sanab ötilgan. Aynan öşa şartlarni bajargan har qanday mamlakat TDTga kuzatuvçi yoki tölaqonli a’zo sifatida kirişi mumkin. Biroq masalaga Toşkentdan turib qaraydigan bölsak, Tojikistonning Markaziy Osiyo madaniyatiga ajralmas şerik ekanini körib turibmiz. Ötgan 100 yilliklar içida özbeklar va tojiklarning tinçlikda yaşab kelganlarini kuzatiş mumkin. Şu sababdan kelajakda TDTning Tojikistonni taşkilotga qandaydir yöllar bilan jalb etiş masalasini körib çiqişi ijobiy baholanişi mumkin. Biz hozirda Özbekiston va Tojikiston hamkorligi a’lo darajada davom etayotganini, ikki tomonlama ham, Markaziy Osiyo davlatlari yetakçilari forumlarida ham birgalikda harakat qilayotganliklarini alohida e’tirof etişimiz mumkin va bizning safimiz kengayişi bizni kuçliroq qiladi va buni qöllab-quvvatlaymiz.

Qardoş Ozarboyjon xalqi Turkiya respublikasining ulkan qöllovi bilan özining tarixiy hududlari bölmiş Qoraboğni yana öz tarkibiga qaytardi. Şunday ekan Zangezur koridori Turkiy dunyo istiqboli uçun qanday ahamiyatga ega?
— Turkiy davlatlar uçun transport yölaklarini turfaxillaştiriş özaro boğliqlilik jihatidan ham öta muhim masalalardan biri hisoblanadi. Şavkat Mirziyoyev ham haqli ravişda özaro boğliqlik masalalarini eng ustuvor jihatlardan biri deb hisoblab kelgan. Ayniqsa, pandemiya va Rossiya Ukraina mojarolari turfaxillaştirilgan transport yöllarining biz uçun naqadar muhim ekanini körsatdi. Bunday vaziyatda biz örta yölaklarning ahamiyatini tuşunib yetmoqdamiz. Bu yerda gap transport sohasida Markaziy Osiyoning Onadölu orqali Yevropaga ulanişi haqida ketmoqda. Yevropaning YeBRD va boşqa taşkilotlari ham mazkur masalalarni körib çiqib, öz xulosalarini e’lon qildi. Zangezur ham juda katta ahamiyatga ega, albatta. Agar bu yölni işga tuşirsak, turkiy davlatlarni quruqlik orqali bevosita uzluksiz boğlaşga erişgan bölamiz. Biz Ozarboyjon ta’kidlagan şart-şaroitlar asosida öşa yölakni işga tuşirişni qöllab-quvvatlaymiz. Çunki bu yölni işga tuşiriş Markaziy Osiyodagi mahsulotlarni turkiy hududlar orqali Yevropaga töliq yetkazib berilişini ta’minlaşga imkon yaratadi. Özingiz bilganingizdek, Armaniston hududlaridan ötuvçi bir yölakning nomi Zangezur va hozirda bu yerda bir yölakning oçilişi böyiça muzokaralar davom etyapti. Umid qilamizki, Ozarboyjon va Armaniston bu masalada kelişuvga erişadi va yölak xalqaro miqyosda foydalaniş uçun oçiladi.
Biz bilamizki, Turkiyaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik munosabatlari tobora rivojlanib bormoqda. Turkiya istiqbolda özaro hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan qanday loyihalarni amalga oşirişni rejalaştirgan?
— Turkiy davlatlar taşkiloti doirasida turkiy davlatlarning iqtisodiy, siyosiy, madaniy va boşqa barça sohalarda özaro hamkorlik mexanizmlarini işlab çiqiş böyiça işlar olib borilmoqda. TDT yetakçilari sammitidan keyin çop etilgan hujjatlarga, TDT kotibiyati hujjatlariga va 2040 yilgaça möljallangan strategiyaga qaraydigan bölsak, hamkorlikning qançalik keng qamrovli ekanini tuşuniş mumkin. Moziyda buning namunasi yöq, biz esa hamkorlikni mana şunday jadal ravişda davom ettirişni xohlaymiz. Bu nafaqat TDT, balki ikki tomonlama va boşqa xalqaro hamkorlik platformalarida ham davom ettirilişi kerak bölgan işlar hisoblanadi. Taşkilot a’zolarining özaro hamkorligi rivojlanişi taşkilotni ham xalqaro maydonda kuçli va mustahkam tuzilmaga aylantiradi. Buni esa Turkiya Özbekiston munosabatlari misolida yaqqol köriş mumkin böladi. Keyingi 4-5 yil davomida Şavkat Mirziyoyev yetakçiligida örnatilgan munosabatlarni bemalol namuna sifatida körsatişimiz mumkin. Bugungi kunda oliy darajadagi strategik şerikçilik bitimi amal qilib turibdi, savdo hajmimiz esa ötgan yilgiga qaraganda 3 barobarga ortgan va bu raqamlarni kelajakda 5-10 barobarga oşirmoqçimiz. Bu nafaqat Turkiya tomoni, balki ikkala davlat rahbarlari ta’kidlagan raqamlar hisoblanadi. Davlat yetakçilarining bergan topşiriqlari asosida barça vazirlik va idoralar bilan kerakli işlarni olib bormoqdamiz va hozirda barça sohalar, jumladan, iqtisod, siyosat, harbiy, texnika, soğliqni saqlaş va boşqa sohalardagi hamkorligimiz yuqori darajada ekanini e’tirof etişimiz mumkin. Bunday muhitda respublikamizning 100 yilligini nişonlaş biz uçun juda katta baxt, albatta.
Bugungi dunyoda sodir bölayotgan geosiyosiy vaziyatga fikringiz.
— Körib turganingizdek, xalqaro maydonda turli inqirozlar, muammolar va ziddiyatlar kelib çiqmoqda. Bunday holatlar tarixda ham kuzatilgan va hozir ham kuzatilmoqda. Uzoq asrlardan beri bunday mojarolarning yuzaga kelişi bizni xafa qilmay qöymaydi, albatta. Bu bizga ikki narsani körsatib turibdi: Bu birinçi navbatda mamlakatimiz xavfsizligini va xalq farovonligini ta’minlaşimiz kerakligini körsatadi. Biroq xalqaro hamjamiyatning bir bölagi sifatida biz mavjud vaziyatga munosabatimizni va fikr-mulohazalarimizni oçiq-oydin bildirib ötişimiz kerak. Biz yetakçilarimiz orqali moziy bizga qoldirgan merosga tayangan munosabat va fikr-mulohazalarimizni bildirib kelyapmiz. Çunki tariximiz va geografiyamiz ba’zi narsalarni bizga buyruq sifatida beradi. Davlat bu — noaniq va mavhum tuşunça emas, Turkiya deyilganda köz oldingizda butun boşli tarixga ega bölgan davlat keladi. Özbekiston deyilganda ham köz oldingizda Amir Temurgaça bölgan bir davrni boşdan keçirgan davlat gavdalanadi va buning öz mas’uliyati bor.
Biz bugun Turkiyaning 100 yilligini iftixor bilan nişonlayapmiz va Otaturk biz uçun boşlab bergan yölning töğri ekanini bugun anglab yetyapmiz. Ğoziy Otaturk bu respublikani yoşlarga omonat qilib taşlab ketgan, iftixor bilan ayta olamanki, bugungi kunda uning merosini yanada yuksakroqqa kötarayotganimizni işonç bilan aytiş biz uçun katta baxt. Turkiyaning Özbekistondagi elçisi sifatida şuni aytib ötişim kerakki, respublikaning 100 yilligini ota vatanimiz sifatida e’tirof etadigan Özbekistonda nişonlaş Turkiya elçisi uçun juda katta baxt. Çunki bizning ildizimiz bitta va umumiy qadriyatlarimiz mavjud. Kim qayerda yaşayotganidan qat’i nazar, biz bitta xalqmiz va bu xalqlarning öz mamlakatlari bilan kuçayişlari, şuningdek, mustaqilligining 50-100 yilliklarini nişonlaşlari insonni xursand qiladi.
Normuhammadali Abdurahmonov suhbatlaşdi.















