AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida eʼlon qilgan videosida Samarqand şahrining global savdo çorrahasi sifatidagi tarixiy örni qayta tiklanayotganini taʼkidladi.

U Vaşington butun dunyo böylab şeriklik aloqalarini kengaytirayotgani, bu jarayonda Özbekiston muhim örin tutişini bildirib, Amerikaning yuzlab kompaniyalari bu yerga aniq kelişuvlar va uzoq muddatli hamkorlik uçun kelganini qayd etdi:

«Yer yuzida Samarqand kabi tarixan global savdoda muhim rol öynagan joylar kamdan kam uçraydi. Bugun bu yerda bölib, nafaqat tarixni yodga oliş, balki kelajak uçun imkoniyatlar haqida fikr yuritiş men uçun şarafdir».

Marko Rubioning taʼkidlaşiça, AQŞ savdo, ilm-fan va texnologiya sohalarida ulkan imkoniyatlarni körmoqda.

Avvalroq u taşrif yakunlari böyiça milliardlab dollarlik kelişuvlar imzolanişi kutilayotganini aytib ötgandi. U AQŞ Özbekiston va mintaqa davlatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirişdan manfaatdor ekanini taʼkidlagan.