— Özbek dublyaji bir vaqtlar juda yuqori darajada edi. Bugungi kunda unga qanday baho berasiz?
— Haqiqatan ham özbek dublyaji bir paytlar çöqqida bölgani töğri. Hozirgi kunda özimizning tilimizda tuşunarli bölgani uçun dublyaj degan söz qolgan, lekin jarayon butunlay özgarib ketgan. Özbek tiliga ögiriş, mana şu töğriroq böladi. Yana bir töğriroq nom – “kadr ortidagi ovozlaştiriş”.
Dublyajning ovozlaştirişdan farqi – filmda deylik, 27 nafar aktyor iştirok etgan bölsa, epizodik, ikkilamçi, umuman filmda kimki gapirsa, hammasiga aktyor çaqirilgan. 27 obrazga 27 nafar aktyor ovoz bergan. Ingliz, rus yoki hind tilidagi original ovoz olib taşlangan. Ya'ni obrazlar sof özbek tilida gapira boşlagan.
Hozir unday emas, bitta filmni maksimum 7 nafar aktyor ovozlaştiradi, ya'ni özbek tiliga ögirib beradi. Bir aktyorga beş-oltitadan obraz tuşadi. Bitta aktyor yöl-yölakay şunça obrazga ovoz berib ketadi.
Siz aytgan SSSR davridagi dublyaj hozir qilinmayapti. Çunki u hozirgi paytimizga hamma tomonlama töğri kelmaydi. Professional darajada çiqişi uçun unga vaqt, mablağ zarur, tomoşabinning tezkor ma'lumot oliş iştiyoqi sönadi. Masalan, “Titanik”ni endi çiqdi, deb olaylik. Uni özbek tilida biz körmoqçimiz. Bilasiz, “Titanik”ning içida 40ga yaqin qahramon bor, deylik. Uni yozib çiqiş bor. Ovoz bilan musiqani qöşiş, ovoz bilan interşovqinni qöşiş işlari bor. Bitta film uçun bularni qilişga salkam ikki oy vaqt ketadi.

— Hozirgi kunda zamonaviy texnologiyalar bilan bir yarim soatlik bitta filmni qança vaqtda tugatasizlar?
— Agar 5 kişi ovozlaştirsa, masalan, bir kunda tugatiladi.
— Bugungi kunda dublyaj studiyalarining asosiy buyurtmaçilari kimlar? Yangi film işlayotganlarmi yoki telekanallar?
— Özbek seriallariga hozir urğu berilgan. Şularni tayyorlaş asosan, nodavlat studiyalarga yuklanadi. Öynagan aktyor, aktrisalar özlari ovoz bera olmaydi. Gapirgan aktyorning ustidan biz öqib berişimiz kerak. Buni obrazni kötarib beriş, deb atasak böladi. Çunki öynagan aktyorlar köpi – yangi, endi kirib kelayotganlar, institutda öqiydiganlar, öqimaydiganlar, köça tilida aytganda “konfetka”lar. Ular iştirok etgan filmda ikki oğiz sözni eplab gapira olmaydi. Lekin suratga tuşgan. Biz kelamiz-da, çiroyli qilib öqib beramiz. Tayyor bölgandan keyin filmni körgan özbek tomoşabinlari tuşunadi. Agar asl şaklida berib yuborsangiz, uni mahsulot ham deb bölmaydi.














