19-oktabr kuni Kimning komaga tuşgani haqida Britaniyaning The Sun, Amerikaning New York Post tabloidlari va Hindistonning Economic Times naşri yozdi. Ular «ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari»ga tayanib, KXDR yetakçisi miyasiga qon quyilişi oqibatida komaga tuşib qolgani va Pekindagi şifoxonalardan biriga yotqizilganini taʼkidlagan.

KXDR bu xabarlarga izoh bermadi, biroq 20-oktabr kuni Koreya markaziy telegraf agentligi Kim öz oilasi bilan Pxenyandagi kiyim-keçak va poyabzal körgazmasiga taşrif buyurgani haqida reportaj eʼlon qildi. Taʼkidlanişiça, bu voqea bir kun avval yuz bergan.

Janubiy Koreyaning “Yonhap” agentligining qayd etişiça, AQŞda yaşovçi taniqli xitoylik dissident Vanjun Se tomonidan X ijtimoiy tarmoğida qoldirilgan xabar miş-mişlarning birlamçi manbasi bölgan. Se dastlabki postda Kimning Xitoyda şifoxonaga yotqizilganiga qaramay vafot etganini iddao qilgan.

Janubiy koreyalik diplomatlar va razvedkadagi manbalar Kim Çen Inning komaga tuşgani haqidagi daʼvolarni tasdiqlovçi “heç qanday maʼlumot eşitmaganliklari”ni maʼlum qildi.

Sentabr oyida Janubiy Koreya razvedkasi parlamentga hisobot taqdim etib, unda Kim öta oğir darajadagi semizlikdan aziyat çekayotganini taʼkidlagan edi: böyi 170 santimetr bölgani holda, u 140 kilogramm toş bosyapti. Şu bilan birga, razvedka hisob-kitoblariga köra, “davolovçi şifokorlar guruhining sinçkov kuzatuvi inobatga olinsa”, KXDR yetakçisining soğliğida jiddiy muammolar borligidan darak beruvçi alomatlar yöq.

KXDR rasmiylari Kimning soğliği haqida heç qaçon xabar bermagan.