Nizomga köra, mutaxassisligi böyiça kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy ma’lumotga ega bölmagan xotin-qizlar davlat OTMga alohida qabul parametrlari (jami 500 ta kvota) doirasida tölov-kontrakt asosida öqişga qabul qilinadi.

Bunda öqişga qabul qiliş Oila va xotin-qizlar davlat qömitasi tavsiyanomasi asosida amalga oşiriladi. Tavsiyanoma oliş uçun talabgor quyidagi mezonlar barçasiga muvofiq kelişi kerak:

örta maxsus yoki professional ta’lim böyiça mutaxassislikka ega bölişi;

tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmagani yoki olmayotgani;

örta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi böyiça 5 yillik mehnat stajiga ega bölişi.

Tavsiyanoma berilgan kundan boşlab 3 yil davomida faqat bir marta OTMga qabul qilinişi uçun amal qiladi.

Tavsiyanoma oliş uçun talabgor doimiy yaşaş yoki vaqtinça röyxatda turgan joyidagi tuman (şahar) oila va xotin-qizlar bölimlariga har yili 1 maydan 1 iyungaça ariza bilan murojaat qiladi. Ariza va hujjatlar 7 iyungaça körib çiqiladi.

Şunga köra, işçi guruh xulosasi 10 iyungaça qömitaga taqdim qilinadi. Hujjatlar qömita tomonidan 14 iyungaça körib çiqilib, tavsiyanoma beriş yoki uni rad etiş töğrisida buyruq çiqariladi. Işçi guruh har yili 15 iyungaça tavsiyanoma talabgorlarga yetkazilişini ta’minlaydi.

Tavsiyanomaga ega xotin-qizlar uçun tanlovlar umumiy tartibda davlat OTM bakalavriatiga öqişga qabul qiliş böyiça kiriş imtihonlari (test sinovi, kasbiy (ijodiy) imtihon) doirasida ötkaziladi. Kiriş imtihonlari yakuniga köra talabalikka tavsiya etilmagan, biroq töplaş mumkin bölgan eng yuqori ball 30 foizidan kam bölmagan ballni töplagan tavsiyanomaga ega xotin-qizlar ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda tölov-kontrakt asosida öqişga tavsiya etiladi.