Özbekistonda 10 iyun kunidan elektron davlat xizmatlarini körsatişni takomillaştiriş böyiça «Elektron hukumat töğrisida»gi qonun kuçga kirdi.

Mazkur Qonun Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan 2015 yilning 18 noyabrida qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2015 yilning 3 dekabrida ma'qullangandi.

Hujjat 2015 yilning 9 dekabr kunida Özbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov tomonidan imzolangandi.

Qonun 5 bob, 34 moddadan iborat bölib, rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran olti oy ötgaç kuçga kirişi belgilangandi. «Elektron hukumat töğrisida»gi qonun «Umumiy qoidalar», «Elektron hukumat sohasini davlat tomonidan tartibga soliş», «Elektron davlat xizmatlarini körsatiş», «Elektron hukumatning işlaşini taşkil etiş» va «Yakunlovçi qoidalar» kabi 5 bobdan tarkib topgan.

Qonunga köra, elektron hukumat – davlat organlarining jismoniy va yuridik şaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qöllaş yöli bilan davlat xizmatlari körsatişga doir faoliyatini, şuningdek, idoralararo elektron hamkorlik qilişni ta'minlaşga qaratilgan taşkiliy-huquqiy çora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi.

Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi elektron hukumat sohasidagi vakolatli organdir.

Elektron davlat xizmatlari axborot va interaktiv davlat xizmatlari tarzida bölişi mumkin.

Qonunga köra, söralayotgan elektron davlat xizmati böyiça elektron hujjat tarzida yuborilgan javob qoğoz şaklida yuborilgan javobga tenglaştiriladi.

Elektron davlat xizmatlari ariza beruvçilarga davlat organlarining rasmiy veb-saytlari orqali hamda davlat organlari tomonidan körsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanişning yagona nuqtasi bölgan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali körsatiladi.

Elektron hukumat töğrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor şaxslar belgilangan tartibda javobgar böladi.

Özbekiston Vazirlar Mahkamasi 2 iyun kuni «Elektron davlat xizmatlarini körsatiş tartibini takomillaştiriş çoralari töğrisida»gi qarorni qabul qildi.

Hujjat «Elektron hukumat töğrisida»gi qonunni amalga tatbiq etiş doirasida qabul qilindi.