15 aprel kuni Özbekiston milliy matbuot markazida bölib ötgan matbuot anjumanida Davlat test markazi mutaxassislari 2019 – 2020 öquv yili uçun kiriş imtihonlarida test varaqalariga kiritiladigan asosiy özgariş va qöşimçalar töğrisida ma'lumot berdi.

Ma'lumot berilişiça, joriy yilda test topşiriqlari bazasini şakllantirişda quyidagi yangiliklar:
- Grafik, yozuvsiz xarita, rasmlar (masalan, geografik nuqtalar, diagramma, grafiklardagi körsatkiçlar yoki rasmlar test savollari varaqasida aks etadi);
- Adabiyot fanidan ta'lim muassasalari öquv dasturiga kiritilgan badiiy asarlardan ayrimlarini töliq öqiş tavsiya etiladi;
- Ölçov birliklarining yangiça ifodalanişi qöllaniladi.
Tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar röyxati quyidagi asarlardan iborat:
1. «Ötkan kunlar», Abdulla Qodiriy (9-sinf dasturidan)
2. «Keça va kunduz», Çölpon (11-sinf dasturidan)
3. «Abulfayzxon», Fitrat (11-sinf dasturidan)
4. «Şum bola», Ğafur Ğulom (6-sinf dasturidan)
5. «Mirzo Uluğbek», Maqsud Şayxzoda (8-sinf dasturidan)
6. «Yulduzlar mangu yonadi», Toğay Murod (6-sinf dasturidan)
7. «Yulduzli tunlar», Pirimqul Qodirov (6-sinf dasturidan)
8. «Dunyoning işlari», Ötkir Hoşimov (5-sinf dasturidan)
9. «Ruhlar isyoni», Erkin Vohidov (11-sinf dasturidan)
10. «Sohibqiron», Abdulla Oripov (9-sinf dasturidan)
Ölçov birliklari esa quyidagi şaklda qöllaniladi:
1. Santi- old qöşimçasi - s – eski şakli, s – yangi şakli
2. Gektar – ga – eski şakli, ha – yangi şakli
3. Akr – ar – eski şakli, a – yangi şakli











