Ğazoda 500 ming kişiga yordam töxtatildi

BMTning Butunjahon oziq-ovqat dasturi mablağ yetişmasligi sababli Ğazo sektoridagi oziq-ovqat yordamini qisqartirişga majbur böldi. Taşkilotning 19-oktabr kuni maʼlum qilişiça, oylik yordam oluvçilar soni 1,6 milliondan 1,1 million kişiga tuşiriladi. Natijada 500 mingga yaqin kişi yordamsiz qoladi.

Qisqartirişlar boşqa yordam turlariga ham taʼsir qilmoqda. Oziq-ovqat uluşlari ikki baravar kamaytirildi, 75 ming oilaga beriladigan naqd pul yordamining miqdori esa 40 foizga qisqardi. Ovqat pişiriş imkoni yöqlarga tarqatiladigan issiq ovqatlar soni 250 mingdan 150 mingga tuşdi. Boriş qiyin hududlardagi ayrim oilalar esa endi issiq ovqatni kunora oladi.

Taşkilot qisqartirişlarni moliyaviy tanqislik bilan izohlamoqda: Ğazo va Ğarbiy sohildagi muhim operatsiyalarni keyingi olti oy davomida davom ettiriş uçun zudlik bilan 450 million dollar kerakligi maʼlum qilindi.

Ğazoda oçarçilik xavfi hamon saqlanib qolmoqda. BMT idorasi maʼlumotlariga köra, sektor aholisining uçdan ikki qismi, yaʼni 1,4 million kişi oziq-ovqat xavfsizligi böyiça inqiroz darajasida yaşamoqda. Ulardan 200 mingga yaqini favqulodda vaziyatda. AQŞ vositaçiligida 2025-yil oktabrda sulh imzolangan bölsa-da, Isroil zarbalari davom etmoqda. Yordam yetkazib beriş esa çeklanganiça qolmoqda.

Ukraina-AQŞ kelişmovçiligi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQŞ maʼmuriyatini havo hujumidan mudofaa raketalarini yetkazib berişni keçiktirişda aybladi. Duşanba kuni amerikalik senatorlar bilan muloqotda u Yevropadagi ittifoqçilari tomonidan puli tölab qöyilgan raketalar Pentagon tomonidan uşlab turilganini maʼlum qildi.

Zelenskiyning sözlariga köra, tutib oluvçi raketalar partiyasi Ukrainaga yuborilişi uçun faqatgina AQŞ mudofaa vaziri Pit Hegsetning imzosini kutmoqda. Şuningdek, Yevropa davlatlarining öz «Patriot» raketalarini Kiyevga topşiriş böyiça kelişuvi ham Vaşingtonning ruxsatiga boğliq bölib turibdi.

Mazkur eʼtirozlar Rossiyaning Ukraina energetika infratuzilmasiga uyuştirgan yangi hujumlari fonida yangradi. Duşanbaga ötar keçasi Kiyev va uning atrofiga yöllangan ballistik raketa zarbalari oqibatida yarim milliondan ortiq xonadon elektr taʼminotisiz qoldi. Zelenskiy bu gal ham hamkorlardan raketa zarbalari haqida oldindan ogohlantiriş olinmaganini taʼkidladi.