Nukus şahrida qölbola usulda aroq tayyorlab sotiş bilan şuğullangan ayol qölga tuşdi. Ma'lum bölişiça, fuqaro öz uyida heç qanday hujjatlarsiz, qölbola usulda tayyorlangan 0,5 litr hajmli spirtli içimliklarning har bir şişasini 14,583 sömdan jami 180 şişani 2 625 000 sömga sotgan vaqtida uşlangan.
Tadbir natijasida fuqaroning uyida 0,5 litr hajmli 47 şişa aroq borligi aniqlangan. Qayd etilişiça, Qoraqalpoğiston Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik markazi tomonidan ötkazilgan tekşiruvda aşyoviy dalil tariqasida olingan alkogol mahsulotlari iste'mol uçun yaroqsizligi aniqlangan.
Bundan taşqari, Qoraqalpoğiston IIV ekspert-kriminalistika bölimining xulosasida aşyoviy dalil tariqasida olingan, jami 227 dona aroq şişalarining oğzidagi aksiz markalardan 7 dona marka qalbaki emasligi, qolgan 220 dona aksiz marka qalbaki ekani körsatilgan.
















