3 mart kuni Oliy Majlis Senati Özbekistonning AQŞdagi elçisi lavozimiga Furqat Siddiqov nomzodini ma’qulladi. Bu ma’lumotni parlamentning yuqori palatasidagi manbasi Kun.uz’ga tasdiqladi.
Furqat Siddiqov 1971 yil 7 fevralda Toşkentda tuğilgan. 1993 yilda Toşkent davlat texnika universitetini tamomlagan. UzDaewoo Electronics QKda boş mutaxassis (1993−1995), Prezident huzuridagi Strategik va mintaqaviy tadqiqotlar institutida xodim, katta ilmiy xodim, yetakçi ilmiy xodim (1995−2002, 2007−2011) lavozimlarida işlagan.
Şuningdek, Özbekistonning AQŞdagi elçixonasida attaşe (2002−2007), uşbu elçixonaning birinçi kotibi (2011−2015), Özbekistonning Pokistondagi elçisi (2015−2020) lavozimlarida işlagan.
Furqat Siddiqov 2020 yil mayda Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari bölgan, 2022 yil noyabridan taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.
- Ma’lumot uçun, 2017 yildan buyon Özbekistonning AQŞdagi diplomatik missiyasini Javlon Vahobov boşqarib kelmoqda. «Gazeta.uz» manbasiga köra, u endi taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari lavozimiga qaytarilişi (u 2013-2015 yillarda TIV rahbari örinbosari, 2015-2017 yillarda birinçi örinbosar lavozimida işlagan) kutilmoqda.









