Özbekiston prezident qarori bilan Furqat Ahmedoviç Siddiqov Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirining örinbosari lavozimiga tayinlandi.
U 2015 yildan buyon Özbekistonning Pokistondagi Favqulodda va muxtor elçisi lavozimida işlab kelayotgandi.

Qayd etiş kerakki, bu Taşqi işlar vazirligida şu yilning özida beşinçi tayinlov bölmoqda.
Şu yilning fevral oyi oxirida 2018 yildan buyon Taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari lavozimida işlab kelgan Ilhom Ne'matov lavozimidan ozod etilib, Taşqi işlar vaziri örinbosariga aylangandi. Uning örniga Özbekistonning Hindistondagi elçisi Farhod Arziyev Taşqi işlar vazirining birinçi örinbosariga aylandi.
Mart oyida Avstriyadagi elçi Şerzod Asadov Taşqi işlar vaziri örinbosari etib tayinlandi.
Aprel oyida esa Özbekistonning Germaniyadagi diplomatik vakolatxonasida boş konsul bölib işlab kelgan Erkin Hamroyev TIV rahbari örinbosari lavozimini egalladi.
Abdulaziz Komilovning yana bir örinbosari Dilşod Axatov 2018 yil mayidan buyon lavozimida işlab kelmoqda.











