“Uzluksiz taʼlim tizimida psixologik xizmat sohasini ilmiy asosda rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, barça taʼlim taşkilotlarining pedagog (tarbiyaçi) va öquvçilari (tarbiyalanuvçilari, talabalari) bir öquv yilida kamida bir marta maqsadli psixologik diagnostikadan ötkaziladi.
Bunda uşbu tizim:
birinçi bosqiçda - 2026/27 öquv yilidan boşlab maktabgaça va umumiy örta taʼlim taşkilotlarida;
ikkinçi bosqiçda - 2027/28 öquv yilidan boşlab örta maxsus, kasbiy va oliy taʼlim taşkilotlarida joriy etiladi.
Psixologik diagnostika quyidagi tartibda taşkil etiladi:
diagnostika Psixologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan maxsus elektron platformada yuritiladi, şaxsga doir maʼlumotlar va diagnostika natijasida maʼlum bölgan maʼlumotlarning sir saqlanişi taʼminlanadi;
natijalar sunʼiy intellekt texnologiyalari orqali tahlil qilinib, pedagog va öquvçilar “psixologik barqaror”, “psixologik qöllab-quvvatlaşga muhtoj” va “faol psixologik qöllab-quvvatlaş zarur” guruhlariga ajratiladi;
“psixologik qöllab-quvvatlaşga muhtoj” guruhiga kiritilganlarga taʼlim taşkilotining psixologi, “faol psixologik qöllab-quvvatlaş zarur” guruhiga kiritilganlarga esa tegişli hudud böyiça mentor psixolog biriktiriladi.
Kaskadli malaka oşiriş kursiga öqituvçi sifatida jalb etilgan psixologlarga bu davrda asosiy iş joyidagi lavozim maoşiga nisbatan












