Toshkent hayvonot bog‘ida 3 yoshli qiz ayiq qafasiga tashlab yuborildi. Bu ishni uning onasi qilgan
Toshkent hayvonot bog‘ida ayol yosh qizchani yirtqich ayiq qafasiga tashlab yubordi. Bosh prokuraturaning aniqlik kiritishicha, 3 yoshli qizni tashlab yuborgan ayol uning onasi bo‘lgan. Qizaloq balandlikdan yiqilish oqibatida jarohatlangan.

Foto: Toshkent hayvonot bog‘i / Aleksandr Judro
Toshkent hayvonot bog‘ida ayol kichkina qizaloqni ayiq voleriga tashlab yubordi. Bog‘ matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, 28 yanvar kuni soat, taxminan, 12:00 larda yosh ayol noma’lum sabablarga ko‘ra xaloyiqning ko‘z oldida kichkina qizaloqni ayiq qafasiga tashlab yuborgan.
«Zuzu laqabli Kavkaz qo‘ng‘ir ayig‘i o‘z volerida yotib olib, qizaloqni metall to‘siq ustidan otib yuborgan ayol harakatlarini kuzatdi. Mehmonlarimiz va xodimlarimizning urinishlariga qaramasdan, ayolni to‘xtatib qolishning imkoni bo‘lmadi. U bolani yirtqichning qafasiga otib yuborishga erishdi. Zuzu ayig‘imiz sekingina zovurga tushib, qizaloqni hidlab ko‘rdi va undan uzoqlashdi», – deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ayiq qizaloqqa zarar yetkazmagan. Shuningdek, «Yirtqichlar» bo‘limi xodimlari tez harakat qilishgan va ayiqni ichki xonaga olib kirishga muvaffaq bo‘lishgan.
Bola volerdan olib chiqilgan hamda hayvonot bog‘ining hamshirasi tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgan. Qizaloq yirtqich tishlari va panjalaridan emas, faqat qariyb 5 metr balandlikdan yiqilish tufayli jarohat olgan. Dastlabki ko‘rikda urilishlardan tashqari ko‘zga ko‘rinarli jiddiy shikastlar aniqlanmadi.
Ayni damda bola shifokorlar nazorati ostida.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, ayiqlar voleriga tashlab yuborilgan qiz 3 yoshda bo‘lib, bu ishni sodir etgan uning onasidir.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston harbiylari Pokistondagi xalqaro armiya o‘yinlarida g‘olib bo‘ldi
O‘zbekiston | 17:52
-
Deputatlar sun’iy intellektda yaratilgan noqonuniy kontent uchun jazoga izoh berdi
O‘zbekiston | 17:14
-
Kongoda kema halokati oqibatida 148 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 17:01
-
Fuqarolik kodeksiga faktoring to‘g‘risidagi qoidalar kiritildi
O‘zbekiston | 15:59
Mavzuga oid

16:59 / 05.04.2025
Parkentda sherlar qurboni bo‘lgan qorovul ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qildi

16:41 / 24.02.2025
Toshkentda uchib yurgan kalxat hayvonot bog‘iga qaytarildi

13:39 / 14.02.2025
Nyu York hayvonot bog‘i pingvin va jirafalar tomonidan chizilgan rasmlarni kimoshdi savdosiga qo‘yadi

23:58 / 17.12.2024