Aniqlanişiça, Marko Rubioga savol bergan şaxs mahalliy OAV vakili emas, Bloomberg agentligi jurnalisti Erik Martin. U Davlat kotibiga ingliz tilida murojaat qilgan. Marko Rubio esa undan Özbekistonning mahalliy tilini biliş-bilmasligini söragan.
Jurnalist esa rus tilini çala bilişini aytgan. Şunda davlat kotibi mahalliy til özbek ekani, lekin bu yerda rus tili davlat tili bölmasa ham köpçilik uni tuşunişini qöşimça qilgan.
Til haqidagi gap şu qisqa muloqot davomida yangrab, muhokamalarni keltirib çiqardi. Xususan, köpçilik jurnalistni mahalliy OAV vakili deb öylab, tanqid qildi.











