Misr Saudiyani himoya qilmoqçi
Misr Saudiya Arabistoni xavfsizligi va barqarorligini himoya qiliş uçun zarur yordamni körsatişga tayyor. Bu haqda 18-oktabr kuni Misr prezidenti devoni maʼlum qildi. Reuters'ga köra, bayonot prezident Abdulfattoh as-Sisiy raisligida ötgan Milliy mudofaa kengaşi yiğilişidan söng eʼlon qilindi.
«Misr Saudiya Arabistoniga uning xavfsizligi va barqarorligini himoya qiliş, resurslari, hududiy yaxlitligi va islomiy muqaddas joylarini muhofaza qiliş uçun barça zarur va mumkin bölgan yordam turlarini körsatadi», deyiladi bayonotda.
Bundan avval Sisiy parlamentdan agar Ar-Riyod sörasa, armiyaga Saudiyani himoya qilişda iştirok etişga ruxsat berişni söragandi. Misr parlamentida ovoz beriş 20-oktabrgaça çözilişi mumkin. Konstitutsiyaga köra, qöşinlarni xorijdagi jangovar vazifaga yuboriş uçun deputatlarning uçdan ikki qismi roziligi talab qilinadi.
Misrning bu qadami husiylarning Saudiya Arabistoniga hujumlari kuçaygan paytga töğri keldi. Husiylar sönggi kunlarda Riyod xalqaro aeroporti va Saudi Aramco kompaniyasiga hujum qilmoqda. 10-oktabr kuni Riyod aeroportiga uyuştirilgan hujumda 13 kişi, jumladan, Misr fuqarosi bölgan bort kuzatuvçisi ham öldirilgandi. Saudiya Arabistoni ham Yamanga zarbalar berib kelmoqda. 18-oktabr kuni bunday zarbalarda kamida töqqiz kişi öldirilgani xabar qilindi.
Husiylar esa Misrni uruşga aralaşmaslikka çaqirdi. Husiylar nazoratidagi parlament spikeri Misr parlamenti raisiga yöllagan maktubida bunday qadam Qohiraning milliy xavfsizligiga jiddiy xavf tuğdirişi haqida ogohlantirgan.
Maʼlumot uçun, Yamandagi janglar AQŞ va Isroil Eronga qarşi boşlangan uruşning yana bir frontiga aylanib ketdi.
Fransiyadagi namoyişlar
Fransiyada narxlar oşişi va davlat xizmatlari sifati pasayişiga qarşi umummilliy namoyişlar tartibsizlikka aylandi. 17-oktabr kuni yarim milliondan ortiq kişi qatnaşgan yurişlarning aksariyati tinç ötgan. Ammo zöravon guruhlar politsiya bilan töqnaşdi, dökonlarni taladi va davlat binolariga hujum qildi.
Fransiya politsiyasi mamlakat böylab 2400 kişini hibsga oldi, 1000 ga yaqin politsiyaçi jarohatlangan. Parijda bir namoyişçi yurak töxtab qolişi oqibatida vafot etgan. Limoj şahrida esa meriyaning qadimiy binosi yoqib yuborildi. Carrefour savdo tarmoğining 50 ta dökoni zarar körgan.
Prezident Emmaunel Makron yakşanba kungi telemurojaatida voqealarni keskin qoraladi. «Qanday qilib fransuzlar Fransiyaga buni qila oladi? Buni heç narsa oqlamaydi, heç narsa izohlay olmaydi, heç narsa keçirmaydi. Bugun barçamiz ğazab va uyatni his qilyapmiz», dedi u.











