Rossiya-Ukraina uruşi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 20-oktabr kuni Osloda AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan uruşni tugatiş böyiça muzokara ötkazdi. Uçraşuvda Yevropa Ittifoqi va NATO vakillari ham iştirok etgan. «Tinçlik olib kelişga yordam beradigan barça aloqalarni saqlab qolyapmiz», dedi Zelenskiy Osloga yetib kelgaç.
Axiosʼga köra, Uitkoff bugun Sankt-Peterburgga kelib Vladimir Putin bilan uçraşadi. Unga Osloda muhokama qilingan – uruşni tugatiş böyiça yangilangan rejani taqdim etadi.
Mumbayda bölib turgan AQŞ davlat kotibi Marko Rubio Ukraina uçun yevropaliklar pulini tölagan havo hujumidan mudofaa raketalarining bir partiyasi yetkazilmagan bölişi mumkinligini tan oldi. Biroq u buning ortida siyosiy maqsad yöqligini taʼkidladi.
Kiyev va Vaşington örtasidagi munosabatlar 9-oktabrda AQŞ va Rossiya örtasida dizel yoqilğisi böyiça kelişuv eʼlon qilinganidan söng keskinlaşib bormoqda.
AQŞ prezidenti Donald Tramp esa kelasi oy Osiyoga safari çoğida Xitoy raisi Si Jinping va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uç tomonlama uçraşuv ötkazişga tayyorligini aytdi. Tramp jurnalistlarga uçraşuvda yadro quroli va qurolsizlaniş masalasi körilişini, agar Si buni xohlasa, özi roziligini bildirdi.
Oldinroq rasmiy Moskva uç yetakçi Xitoydagi sammit doirasida uçraşişi mumkinligini maʼlum qilgandi. WSJ'ga köra, Putin bunday uçraşuvdan Zelenskiysiz, Moskva uçun foydali tinçlik kelişuviga erişiş uçun foydalanmoqçi.
Britaniya Saudiyani himoya qilmoqçi
Buyuk Britaniya Saudiya Arabistoni şaharlari va muhim infratuzilmasini husiylarning havo hujumlaridan himoya qiliş uçun «Typhoon» qiruvçi samolyotlarini yuboradi.
Britaniya mudofaa vazirligiga köra, Qirollik harbiy-havo kuçlarining qiruvçilari faqat mudofaa vazifasini bajaradi va husiylarga qarşi hujumlarda qatnaşmaydi. London husiylarning hujumlari mintaqa barqarorligiga tahdid solayotganini, energiya taʼminoti va savdo yöllarini izdan çiqariş xavfini tuğdirayotganini taʼkidlamoqda.
«Husiylarning ittifoqçimiz Saudiya Arabistoniga davom etayotgan hujumlari mutlaqo jirkanç», dedi Buyuk Britaniya mudofaa vaziri.
Reutersʼning yozişiça, yordam Saudiya hukumati söroviga javoban körsatilmoqda. London, şuningdek, Saudiyaga A400M «Atlas» transport samolyoti va harbiy maslahatçilar yuboradi. Sentabrda eʼlon qilingan yordam doirasida Britaniya havoda yoqilği quyadigan «Voyager» samolyotini yuborgandi, ammo qiruvçilar haqida gap bölmagan.











