AQŞ va Ukraina prezidentlari örtasida sirtqi tortişuv davom etmoqda. Donald Tramp endi Volodimir Zelenskiy «uruşni tugatişni istamasligi» haqida gapirib çiqdi.
«Yevropa unga saxiylik bilan ajratayotgan katta miqdordagi pullar, şuningdek, bir vaqtlar qöli egri [AQŞ sobiq prezidenti Jo] Bayden taqdim etgan pullarni hisobga olsak, u uruşni tugatişni istamaydi va katta ehtimol bilan heç qaçon buni istamagan ham», – deya yozdi Tramp Truth ijtimoiy tarmoğida.
AQŞ prezidenti fikriça, ikki yil muqaddam Zelenskiy «hozirgidan foydaliroq kelişuvga erişişi mumkin edi». «Uning mamlakati vayronaga aylangan, hududlarning katta qismi boy berilgan», – degan Tramp va Ukraina dengiz va okeanlarga çiqiş imkoniyatini yöqotib, uning erkak jinsli aholisi qisqarib ketgani – köpçilik «öldirilgani yoki yaralangani»ni qöşimça qilgan.
AQŞ moliya vaziri Skott Bessent ham Zelenskiy uruş tugaşini Ukrainaning ğalabasiga boğlaş orqali «yolğon dilemma»ni ilgari surayotganini aytdi. «Uruşni tugatiş muzokaralar orqali maʼlum kelişuvlarga erişişni nazarda tutadi. Prezident Tramp har kuni buning ustida işlamoqda. U prezidentlik davrining boşidanoq şu iş bilan şuğullanib kelmoqda», – deya qayd etgan Bessent NBC News telekanaliga bergan intervyusida.
U Qöşma Ştatlarni Ukrainada Starlink faoliyatini çeklaşda ayblagan Zelenskiyni «ehtiyot böliş»ga çaqirib, uning bu boradagi sözlari mutlaqo asossiz ekanini taʼkidlagan.
Volodimir Zelenskiy esa Rossiyaga emas, balki Ukrainaga bosim ötkaziş orqali uni yon berişga majburlaşayotganidan şikoyat qildi. «Men hisoblaymanki, Ukrainani taslim bölişga undovçi qadamlar taşlandi», – dedi Zelenskiy Bloomberg agentligiga bergan intervyusida.
Men buni hamkorlarimiz öz oldiga qöygan maqsad demayman. Men amerikalik hamkorlarimiz uruşni Ukraina hisobiga ertaroq yakunlaş mumkin deb hisoblaşi haqida öylaşni istamayman. Ammo bu şunday körinmoqda.
Zelenskiy AQŞ Starlink’ning Ukrainadagi tezligini qasddan pasaytirgani (va bu Ukraina qurolli kuçlari operatsiyalarini xavf ostida qoldirgani), şuningdek, Patriot havo hujumidan mudofaa tizimlari uçun raketalar yetkazib berişni keçiktirayotganini yana bir bor taʼkidladi.
«Sönggi taklifim şunday bölgandi: biz Rossiyadagi dizel işlab çiqariş sanoatiga zarba bermaymiz, siz esa bizga obyektlarimizni himoya qiliş uçun Patriot raketalarini berasiz. Ammo ular biz şunçaki dizel yoqilğisi işlab çiqarişga hujum qilişni töxtatişimizni xohlaşmoqda. Agar biz unga zarba beradigan bölsak, ular bizni boşqa narsadan uzib qöymoqda», – dedi Zelenskiy.













