- Rossiya-Ukraina uruşida tomonlarning özaro hujumlari qanday tus olyapti?
Kamoliddin Rabbimov: 14-oktabr kuni Ukraina Uçinçi armiyasi korpusi vakili “Vivaldi” operatsiyasining kuzgi bosqiçi muvaffaqiyatli yakunlanganini maʼlum qildi. Uning aytişiça, Ukraina armiyasi Rossiyadan 277 kvadrat kilometr hudud va 16 ta aholi punktini qaytarib olgan. Rossiya Ukrainaning törtta hududini öz konstitutsiyasiga kiritib qöygan. Ammo qoğozda Rossiyaniki deb eʼlon qilingan hududlarning barçasi ham amalda uning nazoratida emas. Vladimir Putinning asosiy şarti esa Donbass bilan boğliq: Rossiya bu hududni özi egallaşi yoki Ukraina uni topşirişi kerak, şundagina uruş tugaşi mumkin.
Ukraina esa Donbassni berişga prinsipial ravişda qarşi turib, bor imkoniyati va resurslarini şu yönalişga safarbar qilmoqda. Demak, Donbass, xususan, Liman atrofidagi janglar Rossiya va Ukraina uçun uruşning eng muhim nuqtalaridan biri hisoblanadi. Qaytarib olingani aytilayotgan 16 ta aholi punkti şunisi bilan eʼtiborliki, çarçagan, harbiy resurslari çeklangan va AQŞ yordami borasida noaniqliklarga duç kelayotgan Ukraina ham ayrim hududlarni Rossiyadan qaytarib olişga muvaffaq bölmoqda.
Bugungi uruşning muhim xususiyatlaridan biri - eskalatsiya orqali bosim ötkaziş. Front çiziğida tomonlarning heç biri hal qiluvçi ustunlikka erişa olmayapti. Ukraina egallab olingan hududlarni tezda töliq qaytarib ololmayapti, Rossiya esa Donbassning qolgan qismini töliq bosib olişga qiynalmoqda. Şunday vaziyatda tomonlar front ortidagi nişonlarga zarba beriş orqali bir-biriga bosimni kuçaytirişga urinmoqda. Ukraina Rossiyaning neft korxonalari va maʼlumotlar markazlariga hujum qilmoqda. Rossiya esa Kiyev va boşqa hududlarga zarbalar bermoqda, ayrim hollarda atom elektr stansiyalari bilan boğliq obyektlar ham nişonga olinmoqda.
Bunday harakatlardan közlangan maqsad - frontda erişilmagan natijaga boşqa yöllar bilan erişiş, raqibning iqtisodiy imkoniyatlarini zaiflaştiriş va uning içki barqarorligiga taʼsir körsatiş. Tomonlar şu tariqa raqib jamiyatida norozilikni kuçaytiriş, aholini hukumatdan norozi qiliş va siyosiy bosimni oşirişga urinişi mumkin. Bu uruşlarga xos yangi hodisa emas, biroq bugungi eskalatsion uruşlarda front ortiga zarbalar beriş va ijtimoiy norozilikni kuçaytiriş - raqibni yon berişga majburlaş vositalaridan biriga aylanmoqda.
Abduvali Soyibnazarov: Liman şahri Rossiya nazoratidan çiqqani haqidagi maʼlumotlarga qöşilmayman. Ukraina Donbassdagi katta kuçlarini şu yönalişga safarbar qilib, Liman atrofidagi örmon hududlarini egallagan bölişi mumkin. Biroq Liman şahrining asosiy qismi hamon Rossiya nazoratida. Ikkinçi masala - Rossiya Boş ştabi boşliği Valeriy Gerasimovning Putinga bergan hisoboti. Unda Donbass bilan Dnepropetrovsk viloyati çegarasidagi muhim şaharlardan biri bölgan Dobropillya egallangani aytilmoqda. Ammo bu maʼlumot ham şubhali. Rossiya matbuoti va Z-blogerlar ham avval bir neça bor rasmiy xabarlarni tanqid qilgan.










