Putin muzokaralarga qaytişga rozi

Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça fevraldan buyon töxtab turgan uç tomonlama muzokaralar kelasi oyda qayta boşlanişi mumkin. Kremlga köra, prezident Vladimir Putin 21-oktabr kuni AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan uçraşuvda bunga rozi bölgan.

Texnik darajadagi AQŞ-Rossiya-Ukraina muzokaralari 10-noyabrdan keyin Abu-Dabida ötişi mumkin. Ular uruş tugagaç, Ukraina va Rossiya xavfsizligini qanday kafolatlaş masalasiga qaratiladi.

Reuters’ning yozişiça, qariyb uç soat davom etgan uçraşuv Moskvaning xayrixohlik işorasi bilan boşlandi: Rossiya Tramp ozod qilişni söragan 74 yoşli amerikalik Stiven Habbardni qöyib yubordi. Habbard 2022-yilda Ukrainada qölga olingan va yollanma jangçilikda ayblanib, qariyb yetti yilga qamalgandi. Tramp bu ozodlik uçun heç qanday «almaşuv» kerak bölmaganini yozdi.

Uitkoff Putinga bir kun avval Osloda ötgan muzokaralarda «maʼlum darajada ilgarilaş» bölganini aytgan. Biroq Kreml ulardan unçalik mamnun emas. «Bu nyuanslar taʼbir joiz bölsa, bizni töliq qanoatlantirmaydi», dedi Putinning yordamçisi Yuriy Uşakov.

Şu bilan birga Rossiya prezidenti yordamçisi mojaroni yakunlaş istiqbollari haqida «Bilmadim, biz qançalik yaqinmiz, ammo iş şunga qarab bormoqda», dedi.

Peterburgdagi uçraşuvda Eron masalasi ham kötarilgan. Putin Eron bilan kelişuvga erişiş mumkin va zarurligini aytib, bu borada AQŞga yordam taklif qildi. Tomonlar, şuningdek, kelasi oyda Xitoyda Tramp va Si Jinping iştirokida bölişi mumkin bölgan uçraşuvni ham muhokama qilgan. Kreml Pekin bunday uçraşuvga tayyorgarlik körayotganini maʼlum qildi.

AQŞ Saudiyadan diplomatlarini olib çiqmoqda

Husiylarning Saudiya Arabistoniga hujumlari kuçaygani sabab AQŞ qirollikdagi diplomatlarining bir qismini olib çiqmoqda. Davlat departamenti rasmiy vakiliga köra, buyruq «faqat Saudiya Arabistonidagi şoşilinç bölmagan AQŞ hukumati xodimlari va ularning oila aʼzolariga» tegişli. Biroq amerikalik rasmiylarning Reuters'ga aytişiça, Fors körfazidagi boşqa davlatlarda joylaşgan AQŞ vakolatxonalari ham xodimlarning oila aʼzolariga ketişni buyuradi.

«Husiylarning fuqaro aeroportlari va boşqa muhim infratuzilmaga qilingan hujumlari tinç aholi orasida qurbonlarga va qatnovlarning jiddiy izdan çiqişiga olib kelmoqda», dedi Davlat departamenti vakili.

Uşbu eʼlondan söng Saudiya fuqaro aviatsiyasi Dammomdagi Qirol Fahd xalqaro aeroportiga hujum uyuştirilganini maʼlum qildi. Hujumda bir kişi öldirilgan, sakkiz kişi yaralangan. Bundan oldin Saudiya havo hujumidan mudofaa kuçlari Saudi Aramco'ning Şaybadagi obyektiga uçayotgan dron urib tuşirilganini bildirgandi. Bu hodisada ikki kişi öldirilgan.