Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada kelin sepini MIB orqali undirib oldi
Qariyb 11 mln so‘mlik 34 turdagi mulklar sud qarori asosida MIBning aralashuvi bilan kuyovdan kelinga undirib berilgan.
Foto: MIB axborot xizmati
Kuyov va kelin 2023 yilning avgust oyida turmush qurgan. Ammo o‘rtada kelishmovchilik kelib chiqib, hozirda birga yashamasligi sababli da’vogar kuyovdan seplarini qaytarishni talab qilgan. Ammo kuyov buni rad etgan.
Yosh kelin-kuyov o‘rtasidagi bu tortishuv sudgacha borgan: ish 2023 yilning 19 oktyabr kuni FIB Farg‘ona tumanlararo sudida ko‘rib chiqilgan. Sud qarori bilan kelinning sepini qaytarish belgilangan hamda ijro hujjati ijro etish uchun MIB Farg‘ona shahar bo‘limiga yuborilgan.
Ijro hujjatiga asosan undiruvchi foydasiga qarzdor kuyovdan jami 34 turdagi 10 mln 920 ming so‘mlik mulklar, jumladan mebel, turli oshxona jihozlari va idishlar qaytarib olib berilishi ko‘rsatilgan.
Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida 20 noyabr kuni kuyovdan 11 mln so‘mga yaqin kelin sepi to‘liq olib berilgan.
Mavzuga oid
09:45 / 12.12.2025
Ijtimoiy tarmoqlarda MIB nomidan kelayotgan xabarlar feyk ekani aytildi
11:00 / 11.12.2025
Inson organlari savdosi bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruhga hukm o‘qildi
13:08 / 09.12.2025
Otasini ta’minlashdan bo‘yin tovlagan o‘g‘il 15 sutkaga qamaldi
08:22 / 05.12.2025