«Mançester Yunayted» YEÇL guruh bosqiçi 3-turida «Komo» maydonida yirik hisobda mağlubiyatga uçradi (1:4). Öyindan keyin esa klub lagerida mojaro yuzaga keldi: jamoa sardori Brunu Fernandeş oçiqçasiga boş murabbiy Maykl Kerrikning taktik rejasini tanqid ostiga oldi va töpsiz öynaşda boşqaça yondaşuvni taklif qildi.

Özaro ayblov

«Yunayted» safar öyinida ilk daqiqalardan muammoga duç keldi: «Komo» yarimhimoyaçisi Niko Pas ikkinçi daqiqadayoq hisobni oçdi. Italyanlar tanaffusdan keyin hisobni yirik körinişga keltirişdi: Anastasios Duvikas, Pas va Xakobo Ramon navbati bilan gol urişdi. Mehmonlar 91-daqiqada Joşua Zirkzening yagona goli bilan javob qaytarişdi.

Öyin yakunlanganidan keyin inglizlar jamoasi lagerida vaziyat keskin tus oldi. «MU» sardori boş murabbiy tomonidan uşbu öyin uçun tanlangan taktika töğri bölganiga oşkora şubha bildirdi. Öyinning 67-daqiqasida zaxiraga olingan portugaliyalik yarimhimoyaçi personal pressingdan voz keçib, raqibga töp bilan erkin harakat qiliş imkoni berilganiga eʼtiroz bildirgan.

«Bu biz öyinni yomon boşlab, tezkor gol ötkazib yuborgan ilk öyinimiz emas. Raqib töpga egalik qilayotganida deyarli bosim uyuştirmayapmiz, töpga egalik qilganimizda ham sifatli öynamayapmiz, deyarli heç narsa öxşamayapti. Tezkor gol ötkazib yuborganingda allaqaçon yutqazib qöygandek hissiyot paydo böladi. Bunday holatdan çiqib ketiş qiyin, dadil harakat qiliş, töpni nazorat qiliş va vaziyatlar yaratiş qiyinlaşadi. Agar biz buni uddalay olmasak, vaziyatni özgartiriş juda qiyin böladi», – deya tuşuntirgan Brunu.

Şundan keyin u murabbiylar ştabi qarorlari yuzasidan fikr bildirgan.

«Personal pressing uyuştirmaslik, raqibga böşliq qoldiriş va töpni olib qöyiş uçun imkon kutiş – murabbiylarning qarori edi. Ammo bunday jamoalarga haddan taşqari erkinlik berilganda, ular özlariga katta işonç his qila boşlaydi. Buga men emas, boş murabbiy va uning ştabi baho berişi kerak. Baʼzida dadilroq harakat qiliş, tavakkalçilikka qöl uriş, oldinroqda bosim ötkaziş va raqibga noqulaylik tuğdiriş kerak. Ularning markaziy himoyaçisi meni maydonning ikkinçi yarmidayoq qarşi oldi. Biz ham şunday qilişimiz kerak edi, lekin uddalay olmadik», – deya uning sözlarini keltiradi TNT Sports.

Jurnalist töğridan töğri Kerrik tanlagan taktika xatomidi, deya söraganida futbolçi javobdan qoçgan, ammo tanqidini davom ettirgan: «Bu savol menga emas, murabbiy va uning ştabiga. Baʼzida dadilroq böliş kerak, sizni pressing qilişganida tavakkalçilikka boriş va bosim uyuştirib, ularni özini noqulay his qilişga majburlaş kerak».