Gözalxon Haydarova 2005 yilda Namangan viloyati Çortoq tumanida tavallud topgan. Dastlab Toşkentda, keyin esa viloyatdagi ixtisoslaşgan maktab internati va prezident maktabida öqigan. U 2023 yilning avgustidan AQŞning Harvard universiteti bakalavriat bosqiçida muhandislik yönalişida öqişini davom ettiradi. Gözalxon Kun.uz muxbiri bilan suhbatda qiziqişlari, top universitetlarga qabul jarayonlari haqida gapirib berdi.

“Prezident bölaman”

Avvaliga Toşkentdagi 246-maktabda öqiganman, 6-sinfda Namanganga köçganmiz. Öşa yerda 5-DIMI (Davlat ixtisoslaştirilgan maktab internati)da öqişni boşlaganman, 8-sinfda prezident maktabiga topşirib, şu maktabga qabul qilinganman. Prezident maktabiga kirişim hayotimda katta buriliş bölgan deb öylayman, çunki muhit özgaça edi. Maktabning akademik jihatdan qiyinligi öz ustimda işlaşimga majbur qilgan. Fanlarni ingliz tilida ötiş – men uçun yangi dunyo edi. Ota-onamdan uzoqda bölib, yangi sinfdoşlar bilan öqiş ham juda qiyin bölgan.

5-DIMIda matematikaga ixtisoslaştirilgan sinfda öqiganman. Şunda aniq fanlarga qiziqardim. Lekin qaysi sohadan borişimni bilmasdim, boşida prezident maktabida biologiya, kimyo, fizika, informatika fanini ham öqiganman. 10-sinfdan boşlab 2 ta fanni tanlaş imkoni berilgan, Öşanda men fizika va informatika fanlarini tanlagandim. Şu paytda aerokosmik muhandislik sohasida öqişim kerakligini iç-içimdan his qilganman. Sohalarda juda ham köp “sakraganman”. Birinçi sinfda “prezident bölaman”, derdim, undan keyin şifokor ham bölmoqçi bölganman. Prezident maktabiga kirganimdan söng ança vaqtgaça kim bölişimni bilmay yurdim. 9-10-sinf paytlarimda aerokosmik muhandislik sohasini qat’iy tanladim.

Prezident maktabining köp bitiruvçilari “El-yurt umidi” fondi orqali çet elga öqişga ketişgan. Birinçi navbatda, şularga havas qilganman. Lekin Prinston universitetiga topşiriş fikri “TechGirls” xalqaro dasturida iştirok etayotganimda kelgan. Mentorim qaysi sohaga öqişimni söragan, men aerokosmik muhandislik sohasida öqişni xohlaşimni aytganman. Şunda u menga Prinston universiteti yaxşi variant ekanini tavsiya qilgan.

“Xorijning yaxşi universitetlariga faqatgina SAT, IELTS bilan kiriş qiyin”

Köpçilik mendan IELTS, SAT haqida söraşadi. Lekin faqat IELTS va SAT bilan iş bitmaydi. Undan taşqari, qilinadigan işlar köp. Özim 10-sinfligimda IELTSʼdan 7,5 ball olganman, SAT ham topşirganman 2 marotaba. Lekin natijam qolganlar bilan soliştirganda öta yaxşi bölmagani uçun hujjatlarimni SAT’siz topşirganman. Ya’ni SAT’ga kuçli boğlanib qolmaslik kerak. Töğri, SAT bilan xorij universitetiga kiriş ehtimoli ortadi, lekin bu butun hayotni bitta testga tayyorlaniş uçun ötkazişga arzimaydi.