AQŞ prezidenti Donald Tramp hokimiyatga kelişidan oldin Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşni 24 soat içida yakunlaşni vaʼda qilgandi, ammo uning taşabbusi bilan boşlangan tinçlik muzokaralarida hamon sezilarli siljiş bölmayapti. Donald Tramp muntazam ravişda keng kölamli bosqinning ilk kunlari haqida ham fikr bildirib keladi – har safar detallarni özgartirib, Rossiyaning Kiev tomon yuriş qilgan, ammo loyga botib qolgan tanklarini tilga oladi.

20-oktabr kuni Oq uyda jurnalistlar bilan muloqot çoğida AQŞ prezidenti yana bir bor uşbu tarixni esga olib, bu safar rossiyalik generallardan biriga alohida eʼtibor qaratdi.

Rossiyalik ahmoq general, juda ahmoq odam. Ular minglab tanklar bilan beton avtomagistral böylab harakatlanişayotgandi. Ularni heç narsa töxtata olmasdi. Uruş bir kunda tugagan bölardi. Ammo bu kaltafahm general – uning kimligini ham bilmayman, u hozir tirikligiga şubham bor, u hamon biz bilan ekani dargumon – öngga, dalalar tomon yöl soladi, keyin çapga buriladi va Kiev tomon harakatlanadi. Şosseda, beton avtomagistralda, şu vaqtgaça juda yaxşi harakatlanib kelgan yölda qoliş örniga u şunday qarorga keladi. Yakunda tanklar loyga botib qoladi.

BBC rus xizmati Trampning bu sözlarini tekşirib qöygan va quyidagiça xulosaga kelgan. 2022-yil fevralida Belarusdan kirib kelgan Rossiya qöşinining Kiev tomon yurişiga general-polkovnik Aleksandr Çayko boşçilik qilgandi. Naşrning qayd etişiça, yuriş muvaffaqiyatsizlikka uçraşining sababi uning katta yöldan çetga çiqiş qarori bilan boğliq emasdi.

Kievga yuriş ukrain harbiylari tomonidan töxtatilgandi. 2022-yil 26-fevralida Ukraina qurolli kuçlari poytaxt taşqarisidagi Irpin daryosi orqali ötgan köprikni portlatadi, Rossiya qöşini suv tösiğini aylanib ötişga uringanida esa Kozarovitskaya töğoni buzib taşlanadi. Bundan taşqari, Ukraina qurolli kuçlari Rossiyaning Buçada tizilib turgan zirhli texnikalari kolonnasini yakson qiladi. Rossiya armiyasi jiddiy yöqotişlarga uçraydi va qömondonlik Belarusdan qöşimça kuçlarni yordamga olib kirişga majbur böladi.

Maksim Levin / Reuters / Scanpix / LETA

Yuriş muvaffaqiyatsizlikka uçraganidan keyin Çayko qömondonlikdan olinadi va Rossiyaning Suriyadagi kontingentini boşqariş uçun yuboriladi. U 2025-yil iyuniga qadar öşa yerda qoladi, bu vaqtda mamlakatda davlat töntarişi röy beradi va prezident Başar Asad hokimiyatni qöldan boy berib, Moskvaga qoçadi.