Özbekiston delegatsiyasining ikki vakili – kanoeçi Pavel Eygel va sportning aralaş yakkakuraş turida iştirok etgan Nodirbek Şavkatov doping namunalarida taqiqlangan moddalar aniqlangani tufayli 2026-yilgi Osiyo öyinlaridan vaqtinça çetlatildi.
Xalqaro doping-test agentligi (ITA) maʼlum qilişiça, Pavel Eygelning namunasidan trimetazidin, Nodirbek Şavkatovnikidan esa meldoniy topilgan. Har ikkala modda ham WADA taqiqlagan moddalar röyxatiga kiritilgan.
Yakuniy qaror çiqqunga qadar sportçilar musobaqalarda qatnaşa olmaydi.
Ular natijani tekşiriş uçun «B» namunasini tahlil qilişni talab qilişi va vaqtinçalik çetlatiş qarori ustidan Sport arbitraj sudiga murojaat qilişi mumkinligi qayd etilgan. Hozirça sportçilarga nisbatan yakuniy qaror çiqarilmagan.
Maʼlumot uçun, Nodirbek Şavkatov (-71 kg) 21-sentabr kuni aralaş jang sanʼatining modern yönalişida bronza medal olgandi, u yarimfinalda Qozoğiston vakili Qodirbek Şinbayevga yutqazgandi.
36 yoşli Pavel Eygel esa Rossiya fuqarosi hisoblanadi va 2018-yilgi jahon çempionatida bronza medal sovrindori bölgan. 2025-yil mayida u sport fuqaroligini özgartirib, 2026-yilgi Osiyo öyinlarida Özbekiston nomidan qatnaşişga qaror qilgandi. U turnirdagi iştirokini bugun, 29-sentabr kuni boşlaşi kutilayotgandi, ammo diskvalifikatsiyaga uçradi. Şuningdek, 2-oktabr kuni ham yakkalik (kross) böyiça bahslarda qatnaşişi kerak edi.











