Yoz mavsumida kiriş imtihonlari va magistratura imtihonlari bilan birga yana bir yirik tadbir – öqişni köçiriş imtihonlari ötkaziladi. Oxirgi yillarda xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga, mahalliy OTMlararo öqişni köçiriş istagidagi talabgorlar soni oşmoqda. 2016 yilda bir OTMdan ikkinçisiga yoki xorijdan mahalliy oliygohga öqişni köçiriş uçun jami 7,5 mingta ariza tuşgan bölsa, 2021 yilga kelib esa bu raqam 22 barobarga oşib, 170 mingtani taşkil qilgan.

Qat’iylaştirilgan talab

Talab oşgani sabab “perevod”ga qöyilgan talablar va imtihonlar ançayin qat’iylaştirildi. 2022 yildan boşlab mahalliy OTMlardan öqişni köçirişga faqat 2 ta holatdagina ruxsat beriladigan böldi:

  • talaba oila qurişi munosabati bilan turmuş örtoği doimiy yaşaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga öqişini köçiriş uçun murojaat qilganda;
  • davlat organlarining xodimlari iş joyi özgargan taqdirda uning turmuş örtoği yoki voyaga yetmagan farzandi öqişini köçiriş uçun murojaat qilganda, tegişli vazirlik (idora) rahbari tavsiyasi asosida;

Xorijiy va nodavlat OTMlardan öqişni köçiriş imtihonlari esa qat’iylaştirilib, ötiş ballari oşirildi. Xususan, kiriş imtihonlari test böladigan yönalişlar imtihonlari sobiq Davlat test markazi – hozirgi Bilim va malakalarni baholaş agentligi tomonidan, kasbiy (ijodiy) imtihonlar esa OTMlarning özida olinadigan böldi.

Ötiş balli qanday böladi?

Öqişni köçiriş imtihonlarida ötiş ballari har yili 15 iyulgaça Bilim va malakalarni baholaş agentligi saytida e’lon qilinişi kerak. Masalan, ötgan yilgi öquv yili uçun tibbiyot OTMlariga öqişni köçiriş uçun ötiş balli 129 ball etib belgilangandi. Ötiş ballari yönalişlarga qarab farqlanadi.