Oʻzbekistonda ikkinchi va uchinchi atom elektr stansiyalarini qurish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 16-oktabr kuni yoqilgʻi-energetika sohasidagi investorlar bilan oʻtkazilgan ochiq muloqotda maʼlum qildi.
«Birinchi atom elektr stansiyasi qurilishini boshladik. Ikkinchi va uchinchisini qurish boʻyicha ham rejalarimiz bor. Ertaga yangi hamkorlarimiz va investorlar bilan ikkinchi atom elektr stansiyasini qurish masalasini muhokama qilamiz», – dedi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda uran ishlab chiqarish hajmi oshib borayotganini, ushbu sohaga katta sarmoya kiritilib, tajriba toʻplanganini qoʻshimcha qildi.
«Uran ishlab chiqarishga biz juda katta sarmoya, imkoniyat, tajriba orttirdik desak, toʻgʻri boʻladi. Shuning uchun birinchi atom elektr stansiyasini boshladik, ikkinchi va uchinchisiga ham rejalarimiz bor», – deydi prezident.
Video:

















