Duduqlaniş nima sababdan paydo böladi, uning dastlabki belgilari qanday va ota-onalar nimalarga eʼtibor berişi kerak? Kun.uz jurnalisti Nigora Hasanova bolalar va kattalar psixologi, neyropsixolog Dono Qulunçakova bilan şu haqda suhbatlaşdi.

Duduqlaniş qaysi yoşda köproq kuzatiladi?

Duduqlaniş - nutq ravonligining buzilişi bölib, bunda inson gapirayotganda ayrim tovuş yoki böğinlarni takrorlaşi, çözişi yoxud sözni boşlaşda qiynalişi mumkin. Bu holat bolalarda ham, kattalarda ham uçraydi.

Psixolog Dono Qulunçakovaning aytişiça, mutaxassislarga duduqlaniş bilan murojaat qiladiganlar orasida ikki yoşdan olti yoşgaça bölgan bolalar köp uçraydi.

«Ikki yoşda bolaning nutqi endi şakllanayotgan böladi. Beş-olti yoşda esa boğçadagi yangi guruhga ötiş, maktabga tayyorgarlik kabi özgarişlar boşlanadi. Ayrim bolalarda şu jarayonlar qörquv va hayajon bilan keçadi», - deydi mutaxassis.

Uning taʼkidlaşiça, ayniqsa, tortinçoq, notaniş odamlar orasida özini noqulay his qiladigan bolalarda nutq bilan boğliq qiyinçiliklar kuçliroq namoyon bölişi mumkin.

Biroq duduqlanişni faqat bolaning xarakteri yoki qörqoqligi bilan izohlaş töğri emas. Uning paydo bölişida irsiy va nutq rivojlanişi bilan boğliq omillar ham ahamiyatga ega.

Oiladagi janjallar bola nutqiga taʼsir qiladimi?

Suhbat davomida oiladagi nosoğlom muhit, ota-onalar örtasidagi kelişmovçiliklar va bolaga nisbatan bosim masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Dono Qulunçakovaning kuzatişiça, oilada tez-tez janjal bölişi, bolaning qörquv va doimiy hayajon bilan yaşaşi uning nutqiga ham salbiy taʼsir körsatişi mumkin.

«Yoş ota-onalarda farzand tarbiyasi böyiça tajriba yetişmasligi mumkin. Turli janjallar, mojarolar sabab bolada qörquv paydo böladi», - deydi u.

Mutaxassis bolalarning telefon va boşqa gadjetlardan meyordan ortiq foydalanişiga ham töxtaldi. Uning sözlariga köra, ayrim oilalarda bola kunning katta qismini multfilm yoki videolar tomoşa qiliş bilan ötkazadi, kattalar esa u bilan yetarliça muloqot qilmaydi.

«Bizga tört-beş yoşga kirgan, hali nutqi şakllanmagan bolalarni ham olib kelişadi. Uydagilar ular bilan suhbatlaşmaydi, gaplaşmaydi», - deydi psixolog.

Qaysi belgilarda mutaxassisga murojaat qiliş kerak?