UzbekLife muxbiri Kanadaning nufuzli Dalhauzi universitetining magistratura bosqiçida tahsil olayotgan hamyurtimiz Muhammadjon Toşpölatov bilan intervyu taşkil qildi.

Suhbat davomida u Kanadadagi ta’lim, öziga xos kutubxonalar va “taniş-bilişçilik” haqida sözlab berdi.
Tizim va muhit fanlarni çuqurroq örganişimga sabab böldi
Örta ta’limni Namangan şahridagi 2-sonli maktab-internat hamda Namangan davlat universiteti qoşidagi 1-akademik litseyda olişimga ota-onam sababçi bölişgan va bu eng töğri qaror bölganiga hozir ham amin bölyapman.
Maktab va akademik litseydagi öqituvçilar, tizim va muhit fanlarni çuqurroq örganişimga sabab böldi. Ayniqsa, akademik litseyda meni matematikadan olimpiadalarga tayyorlagan öqituvçim Zokirjon Tölanov uşbu fanga boşqaça nazar bilan qaraşga örgatdi. Har bir formula yoki teoremani şunçaki işlatiş emas, balki birinçi isbotlaş kerakligini şu ustozimdan örgandim. Natijada matematikani darslik doirasidan taşqarida örganiş imkoniyatiga ega böldim.

Xuddi bizga berilgan imkoniyatdek tuyuldi
Akademik litseydagi öqişni tamomlaşim arafasida yangi oliy ta’lim muassasasi – Toşkent şahridagi Inha universiteti oçilişi haqida xabar topdim. Axborot texnologiyalari sohasida Janubiy Koreya bilan hamkorlikdagi yangi universitet aynan biz bitirayotgan yilda oçilişi xuddi bizga berilgan imkoniyatdek tuyuldi. Matematikaga kuçli qiziqqanim, ingliz tilini bilganim hamda axborot texnologiyalari davrida yaşayotganimiz uçun şu universitetni tanlaşga qaror qildim.
Toşkent şahridagi Inha universiteti Özbekistondagi boşqa köplab universitetlardan ajralib turardi. Universitetda talabalarning yaxşi bilim olişi eng yuqori maqsad qilib qöyilgan edi. Öqituvçilarning çet davlatlardan olib kelinişi va Janubiy Koreya tomonidan nazorat qilinib boriladigan yuqori sifatli ta’lim bunga misol böla oladi. Ayniqsa, törtinçi bosqiçni öqiş uçun barça talabalarning Koreya Respublikasiga jönatilişi bizga öziga xos yangilik, ya’ni haqiqiy xalqaro muhitni xis qiliş imkoniyatini berdi.
Yangi universitetni «birinçi qaldirğoçlar» qatorida bitirib, söng ikki yil davomida «Maroqand», “Özbektelekom” AKning «Axborot tizimlari» filialida mobil dasturçi bölib işladim.
















