AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff 21-oktabr kuni Sankt-Peterburgga keldi va RF prezidenti Vladimir Putin bilan uruşni yakunlaş böyiça muzokara ötkazdi. Uçraşuv avvalida Putin AQŞ fuqarosi, Ukraina qurolli kuçlari safida jang qilgani uçun Rossiyada jazo muddatini ötayotgan Stiven Habbardni ozod qilganini bildirdi. Uitkoff bunga javoban Putinni «gumanist» deb atadi – bu esa Qöşma Ştatlardagi köplab yuqori martabali siyosatçilarga (jumladan, Donald Trampning partiyadoşlariga ham) umuman yoqmadi. Tramp va uning vitse-prezidenti Vens Uitkoffni himoya qilib çiqişdi. Quyida voqealar zanjiri iqtiboslar orqali keltiriladi.

Stiven Uitkoff, AQŞ prezidenti maxsus vakili

(Putinga) Siz prezident Trampning insonparvarligi haqida juda köp gapirasiz. Özingiz ham gumanistsiz, ser, buning uçun sizga tan beraman.

Joni Ernst, senator, Respublikaçilar partiyasi

Vladimir Putin – bizning döstimiz emas, gumanist emasligi ham aniq. Uning Ukrainadagi begunoh tinç aholiga qilayotgan töxtovsiz hujumlari uning inson hayotiga butkul befarq ekanini körsatadi. Xuşomad qiliş bu uruşga çek qöya olmaydi. Faqat bosim qiliş bilan bunga erişiş mumkin.

Don Bekon, Vakillar palatasi aʼzosi, Respublikaçilar partiyasi

[Uitkoff]dan yana bir şarmandalik.

Tom Uillis, senator, Respublikaçilar partiyasi

Bu nimasi, Stiv? «Gumanist» sözining maʼnosini tuşunib ol. Qançalar şarmandali va jirkanç bayonot. Sen Ukrainaga qaytib, Putin öğirlab ketgan va öldirib yuborgan bolalar oilalaridan dösting Putin – «gumanist» ekani haqidagi fikrga qançalik qöşilişini söraşing kerak.

Jon Kornin, senator, Respublikaçilar partiyasi

Yöq, Putin gumanist emas, balki sovuqqon qotildir.

Jin Şeyxin, senator, Demokratik partiya

Vladimir Putin – harbiy jinoyatçi. U – minglab ukrainlarni söz bilan taʼriflab bölmaydigan şafqatsizlik bilan öldirgan diktator. Uitkoffning bu sözlari jirkanç va şarmanali.

Jey Di Vens, AQŞ vitse-prezidenti

Stiv Uitkoff amerikalik mahbusni ozod qilgan odam haqida qandaydir yaxşi gap aytdi. Siz uning bu bahsiga qöşiliş yoki qöşilmasligingizdan qatʼi nazar, Stiv Uitkoff – diplomat. Uning işi – öşa yerga boriş va natijaga erişiş. Meni Stiv aytgan söz emas, u amerikalik mahbusni uyiga, oilasiga qaytarayotgani fakti köproq qiziqtiradi.