Suratda Putin va Şryoder ustiga samovar hamda tebranma ot haykalçalari qöyilgan peç yonida turgani aks etgan.
Kreml bayonotiga köra, Putin 7-oktabr ertalab Şryoderning Moskvaga kelganini OAV xabarlaridan bilgan va «eski döstini uyiga taklif qilgan».
«Davlat rahbari keça tuğilgan kunini nişonlayotganida Gerhard Şryoder Vladimir Putin bilan birga böldi», - deyiladi xabarda.
Şryoder Moskvaga nima uçun kelgan?
Sobiq kansler Moskvaga «Globus» gipermarketlar tarmoği rahbariyati va xodimlari bilan uçraşiş uçun borgan.
Yaqinda u Rossiyadagi Globus gipermarketlarini boşqaruvçi «Giperglobus» kompaniyasi kuzatuv kengaşi aʼzosi bölgan edi.
Germaniyada uning yangi lavozimi tanqid qilindi
82 yoşli Şryoderning Rossiyadagi kompaniyada rahbarlik lavozimini egallaşi Germaniyada tanqidlarga sabab bölgan.
Xristian-demokratik ittifoq vakili, Bundestag deputati Roderix Kizevetter bu tayinlovni «Yevropa va öz mamlakatiga xiyonat» deb atagan.
Nemis iqtisodçisi Yan Şnellenbax esa sobiq kanslerni keskin tanqid qilib, uning Germaniya sudida iştirok etiş uçun soğliği yetarli emasligi haqidagi avvalgi xabarlarni eslatgan.
«U Germaniya sudi oldida hozir böliş uçun juda kasal ekanini aytişmaganmidi? Nahotki Rossiya pullari şifobaxş kuçga ega bölsa?» - deb yozgan iqtisodçi X ijtimoiy tarmoğida.
Gerhard Şryoder Germaniya kansleri lavozimini 1998–2005-yillarda egallagan. Keyinçalik u «Rosneft» hamda «Şimoliy oqim» gaz quvuri operatori - Nord Stream kompaniyasi rahbariyatida işlagan.












