“Bolaligimda qişloqda qizlar orasida faqat men dalaga velosipedda qatnardim. Öşanda ustimdan kulişgan, lekin menga buning ahamiyati yöq edi. Hayotim imkon qadar osonroq bölişiga harakat qilganman. Buning uçun menga faqat va faqat öqiş yordam beradi deb işonganman va adaşmagan ekanman”, deydi “Mikrofon qizlarda” loyihasining navbatdagi qahramoni Sohibjamol Bozorova.

Çiqiş yöli

Ayni paytda 29 yoşdaman. Qaşqadaryo viloyati, Nişon tumani Talimarjon şaharçasida katta bölganman. Oddiy oila farzandiman, dadam televizor ustasi, onam rahmatli muhandis edi. Bolaligim çiroyli ötgan, oilada 3 nafar qiz farzandmiz. Biroq keyinçalik qiyinçilik paytlari yuzaga kelgan, ögay ona qölida qoldik, nonga zor kunlarimiz bölgan. Öşa paytlari 10-12 ming söm uçun kun böyi, sovuq-issiq demay dalada işlagan paytlarim bölgan.

Ayni mana şu vaziyatda bu qiyinçiliklardan öqiş orqali çiqib ketaman deb işonganman. Sababi onam rahmatli öqimişli, davlat işida işlagani uçun mahalladagi ziyoli, eng yaxşi şaroitlarga ega ayol bölgan. Vafotidan keyin ham hamma onamni çiroyli sözlar bilan eslardi. Şundan bilganmanki, ta’lim orqali yaxşi imkoniyatlarga ega böliş mumkin.

Biroq dadam bizga boşqalarni örnak qilib körsatardi. Dehqonçilik qilgan paytimiz yonimizdagi dalada işlaydigan ayolning bolalarini namuna qilardi: “Mana, qaranglar, şu ayolning bolalari pomidor hosilini 1 mln sömga sotdi”, deb. Lekin ular 1 mln söm uçun yil böyi işlaşlariga töğri kelardi. Menga bu iş oğir tuyulgan, şuning uçun öqişga yöl izlaganman.

Bolaligimdan özimni qat’iyatli bölganman deb hisoblayman. Mahallada qizlar orasida faqat men dalaga velosipedda qatnardim. Özim tengi bolalar esa “öğil bolaga öxşaysan” deb ustimdan kulişgan. Menga buning ahamiyati yöq edi, hayotimni yaxşilaşga harakat qilardim. Dalada ham tuşlik payti issiqda emas, keçki payt salqinda işlaşni ma’qul körardim. Keng dalada bir özim qolib işlasam ham qörqmasdim.

“Kontraktim uçun pul topişim kerak edi”