Töytepa, Parkent, Çinoz, Çotqol... - Toşkent viloyatidagi joy nomlari ma'nosini bilasizmi?
|23:11 / 03.07.2020100 0599 min
Har bir joy nomining öziga xos tarixi va anglatadigan ma'nosi bor. Ular ma'lum davrga borib taqaladi va öşa davrdagi voqea-hodisalar, an'analar haqida hikoya qiladi.
Fanda geografik joy nomlari toponimlar, ularni tadqiq qiluvçi yönaliş esa toponimika deyiladi. Kun.uz muxbiri Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi katta ilmiy xodimi Andrey Kubatin bilan boğlanib, Toşkent vohasidagi qadimiy joy nomlari haqida qiziqarli ma'lumotlarni oldi.
Toponimlarni örganiş nima uçun muhim?
Joy nomlari yozma va arxeologik manbalar kabi har bir ölka uçun muhim tarixiy manba hisoblanadi. Toponimik ma'lumotlar hududning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayoti haqida tarixiy tasavvurlar beriş bilan birga qadimda har bir hududda qanday etnoslar yaşaganini aniqlaşga ham katta yordam beradi. Özbekiston hududida ming yildan ziyod tarixga ega joy nomlari juda köp, jumladan, Toşkent viloyatida ham.
Toşkent vohasi qadimdan Markaziy Osiyo xalqlari tarixida muhim örin tutgan. Çoç vohasida qadim va ilk örta asrlarda mavjud bölgan joy nomlariga oid ma'lumotlar asosan xitoy va arab-fors manbalarida saqlanib qolgan. Vohaga taalluqli ba'zi bir joy nomlari esa qisman suğdiy va boşqa tillardagi manbalarda uçraydi.
Çinonçkat – Çinoz, Farankat – Parkent
IX-X asrlarning arab geograflari öz asarlarida Toşkent şahri – Binket nomi bilan birga Toşkent vohasidagi önlab şaharlar nomlarini tilga olişgan. Bu nomlar xuddi öşanday, qisman yoki sal özgargan şaklda viloyatdagi şahar va qişloqlarning nomi sifatida şu kungaça saqlanib kelgani bilan ahamiyatlidir.
Masalan, X asr geografi Maqdisiyning «Ahsan ut-taqosim fi ma'rifat ul-aqolim» («Iqlimlarni örganiş uçun eng yaxşi qöllanma») asarida Çinonçkat, Kabarna, Nomadvonak, Barkuş, Farankat, Zarankat, Navkat, Xos, Biskat kabi şaharlari nomlari tilga olingan.
Çinonçkat Çinoz şaklida hozir Çinoz tumani markazi va tuman nomida, Kabarna Kavardan şaklida Yuqori Çirçiq tumanidagi qişloq nomida, Barkuş Pargos şaklida Böstonliq tumanidagi qişloq nomida, Farankat Parkent tumani markazi va tuman nomida, Zarankat Zarkent, Namadvonak Nomdanak şaklida Parkent tumanidagi qişloqlar nomida, Xos öz holiça Bekobod tumanidagi qişloq nomida, Biskat
Mavzuga oid
Piskent
şaklida Piskent tumani markazi va tuman nomida hozirgaça saqlanib qolgan.
«Çinliklar şahri» – Çinoz
Çinonçkat (hozirgi Çinoz) nomining ma'nosi tadqiqotçilarning fikriga köra, «Çinliklar şahri» degan ma'no anglatadi.
Öşa davrda Çin toponimi Şarqiy Turkistonga nisbatan işlatilganini hisobga olsak, uşbu toponimni «Şarqiy turkistonliklar şahri» deb tuşuniş mumkin böladi.
Parkent – yuqoridagi şahar
Hozirgi kunda Parkenttumani nomiga aylangan Farankat şahri nomini köplab tadqiqotçilar eroniy tillardagi «farn» – «qut-baraka, şon-şaraf (şuhrat)» sözi bilan boğlaşadi. Şundan kelib çiqib, bu toponimni «qut-baraka, şon-şaraf (şuhrat) şahri» deb talqin qilsa böladi.
Özbekistonlik suğdşunos olim Mirsodiq Işoqov esa bu toponimni suğdça «upar» – «yuqori, baland» sözi bilan boğlab, bu toponimni «yuqoridagi, balanddagi şahar» deb talqin qilgan.
«Yigirma uylik şahar» toponimi
Zarankat – Zarkentşahri nomini köpçilik olimlar zar, zarin «oltin, oltindan bölgan» sözi bilan boğlaşmoqda.
Piskent nomi esa forsça «bis» – «yigirma» yoki suğdiy «piş-pis» – «nari (tomon)» sözlari bilan boğlanadi, ya'ni «yigirma uylik şahar» yoki «nari(tomon)dagi şahar» deb talqin etişadi.
Nomi bir neça bor özgargan viloyat markazi – Nurafşon tarixi haqida
Toşkent vohasida yana bir qadimiy toponim: Navkat şahri mavjud bölgan. Uşbu şahar nomi eroniy tillarda uçraydigan nav «yangi» sözi bilan boğliq bölib, «yangi şahar» degan ma'noni anglatadi.
Garçi bu toponim hozirgi kungaça saqlanmagan bölsa ham, öşa şahar hozir ham mavjud va boşqa nom bilan ataladi. Qoraxoniylar davrida Iloq viloyatining markazi bölgan va öz zarbxonasiga ega bölgan Navkat şahri keyinçalik Töytepa nomi bilan atalgan.
Töytepa ham Toşkent viloyatining qadimgi turkiy toponimlaridan biri va köpçilik öylagani kabi uning marosim ma'nosidagi «töy» söziga aloqasi yöq.
Töytepadagi «töy» sözi qadimgi turkiy «qal'a, qörğon» ma'nosidagi, Mahmud Koşğariy asarlarida tilga olingan «töy» sözi bilan boğliq. Töytepa esa «qörğontepa», degan ma'noni anglatgan.
Hozir bu şahar Toşkent viloyati markazi sanaladi va «nur taratuvçi», «nur soçuvçi» manosidagi Nurafşon nomini oldi. Demak, Toşkent viloyati markazi Nurafşon şahri ming yildan ziyod tarixga ega qadimiy şaharlarimizdan biri, deb hisoblaşga asos bor.
Toşkent viloyatimizdagi Parkent, Piskent va Çinoz şaharlari ham xuddi şunday uzoq tarixga ega.
«Sobliq», «Sofliq», «Soyliq»
Şaharlardan taşqari ham Toşkent vohasida yana bir neça maşhur turk toponimlari bor. Şunday toponimlardan biri hozirgi kunda Soyliqqişloği nomida saqlanib qolgan. Bu toponim «Sobliq» şaklida arab manbalarda zikr etiladi. Ibn Havqal asarida Şoş vohasining şimoli-şarqida joylaşgan Sobliq toğlari tilga olingan. Uşbu nom Iştaxriyning «Masolik al-mamalik» asarida «Sofliğ» tarzida qayd etiladi. Turkşunos V.V. Bartold esa Sobliqni «Soyliq» şaklida öqiş lozim, deb hisoblaydi.
Özbekistonlik olim Ğaybulla Boboyorov fikriga köra, bu nom dastlabki manbalarda uçraganidek, Sobliq şaklida bölib, söngra Sofliq, keyinçalik esa Soyliq şaklini olgan: Sobliq-Sofliq-Soyliq.
Qadimgi turk tilida b-v-y almaşuvi hodisasi bölgan. Masalan, qadimgi turkça eb–ev–uy — «uy» ma'nosida, sub–suv–suy — «suv», teba–teva–tuya — «tuya» kabi.
Bundan taşqari, Mahmud Qoşğariyning «Devonu luğotit turk» asarida Yettisuvdagi tuxsi va çigil turkiy qabilalari yaşagan şaharlardan biri «Soblyğ» şaklida uçraydi. Bu esa Şoş vohasidagi «Sobliq» va Yettisuvdagi «Sobliğ» toponimlarining adaş nom bölganini körsatadi.
«Suv» sözi bilan boğliq toponimlar
Toşkent viloyati Toşkent tumani markazi va Toşkent vohasida oqib ötayotgan daryo nomi – Keles ham qadimiy nomlardan biri.
Arab manbalarida uşbu toponim Qalas (Keles) şaklida Sirdaryoning öng irmoği va daşt nomi sifatida zikr etiladi. Iştaxriy, Ibn Havqal asarlarida Şoşning şimoliy çegarasida Qalas daşti tilga olingan. Qozoq toponimisti Ye.Qöyçubayev fikriça, turkiyça «kele» – «til», «-s» – «suv» sözining qisqargan variantidan iborat, bu toponim anglatadigan ma'no esa Keles «til suv» yoki «Tilga öxşaş daryo» deya talqin qilinadi.
Ğaybulla Boboyorovning fikriga köra, Kalas nomining paydo bölişi qadimgi turkiy gidronimlar – Talas, Irtis (Irtiş), Arys nomlariga öxşaş. Ya'ni, Kalas – «Kala+su», Talas – «Tala+su», Arys – «Ary+su» kabi yasalgan.
Çotqol – Çirçiq daryosining eng yirik irmoği va toğ. Iştaxriy, Ibn Havqal, Muqaddasiy asarlarida Jadğal daryosi va viloyati tilga olingan. Şayx Sulaymon Buxoriyning çiğatoyça-usmonli turkça luğatida esa çatqol «notekis yer, dara» deb izohlangan.
Hozirgi zamon qirğiz tilida çatqal – «ikki toğ orasidagi botiq, dara» degan ma'no anglatadi. Ğaybulla Boboyorov Çatqol toponimini «dara, toğ orasidagi soylik» deya ataş mumkin, deb hisoblaydi. Bu söz öz navbatida ikki komponentdan iborat: «çat» – «ikki daryo bir-biriga qöşiladigan joydagi oraliq»; «qal» (qol) esa – qandaydir qadimiy söz, ehtimol, «soy, jilğa» ma'nosidagi «qol» (qöl) sözining fonetik özgarişidir. Çatqol toponimining turkiy ekanini Möğulistonning ğarbiy hududlarida turkiy Çatqaltoğ nomi uçraşi ham tasdiqlaydi.
Tarixçi Andrey Kubatin ma'lumotlari asosida
Zilola Ğaybullayeva tayyorladi.