Samarqand sudlarida har biri 13,5 mln so‘mdan jarimaga tortilgan uch bloger Oliy sudda aybsiz deb topildi
Uch nafar bloger yashashga boshpanasi yo‘qligi sababli molxonada yashayotgan ayol haqida ko‘rsatuv e’lon qilgan. Past Darg‘om hokimligi va IIB ularni tuhmat qilishda ayblagan.

Foto: KUN.UZ
Ma’lum bo‘lishicha, samarqandlik bloger Jamshid Ismatov ijtimoiy tarmoqda pastdarg‘omlik ayol Navbahor Ulug‘murodovaning molxonada yashab kelayotgani tasvirlangan video tarqatgan. Keyinchalik tasvirga olish jarayonida yana ikki nafar bloger ham ishtirok etgani aniqlanadi.
Videomaterialda ayolning turmush o‘rtog‘i vafot etgani, yashashga boshpanasi yo‘qligi sabab bugungi kunda ukasiga tegishli molxonada yashayotganligi hikoya qilingan.
Biroq Past Darg‘om tumani hokimligi videodagi iddaolarni rad etib, murojaatchi ayol muammosini o‘rgangan blogerlarni spektakl tayyorlashda ayblagandi. Viloyat IIB esa ularga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Past Darg‘om tuman sudining (sudya: A.Haydarov) qarori bilan blogerlar – 1987 yilda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tug‘ilgan Nasim Xolov, 1985 yilda Past Darg‘om tumanida tug‘ilgan Jamshid Ismatov, 1980 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan Sirojiddin Odilov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasi (Tuhmat), 45-moddasi (Fuqarolarning turar joyi daxlsizligini buzish), 202-2-moddasining 1-qismi (Yer uchastkasini noqonuniy olib qo‘yish) bilan aybdor deb topilib, ushbu kodeksning 34-moddasi tartibida har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari, ya’ni 13 mln 500 ming so‘m jarima jazosi tayinlangan.
Samarqand viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2022 yil 30 avgustdagi qarori bilan birinchi instansiya sudining qarori o‘zgarishsiz qoldirilgan.
Blogerlarning shikoyati asosida ishni kassatsiya tartibida ko‘rib chiqqan Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasi ish bo‘yicha asosiy guvoh Navbahor Ulug‘murodovadan mazkur holat bo‘yicha tushuntirish olinmagani, dastlabki surishtiruv organi tomonidan qator xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani, birinchi instansiya sudi ushbu xato kamchiliklarga e’tibor qaratmagani, ish bo‘yicha apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan ham yuqoridagi qonun va Oliy sud plenumi qarori tushuntirishlariga yetarlicha rioya qilinmasdan, birinchi instansiya sudi chiqargan qarori o‘zgarishsiz qoldirilgani, apellyatsiya instansiyasida so‘roq qilingan blogerlar tomonidan keltirilgan vajlar qanday asoslarga ko‘ra rad etilishi asoslantirib berilmagani aniqlangan.
Bundan tashqari, Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi va apellyatsiya instansiyasi sudlarida ko‘rib chiqilgan J.Ismatov, N.Xolov va S.Odilovlarni tuhmat, ya’ni bila turib yolg‘on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish, turar joyga unda istiqomat qiluvchilarning xohish-irodasiga xilof ravishda noqonuniy tarzda kirish, shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga olib keladigan yolg‘on axborotni tarqatish bilan bog‘liq huquqbuzarliklarini sodir etganlikda aybli deb topish uchun asos qilingan dalillar ularni mazkur huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topish uchun yetarli emas va blogerlarning mazkur huquqbuzarliklarni sodir etgani isbotlanmagan deb topgan.
Shunga ko‘ra Jamshid Ismatov, Nasim Xolov, Sirojiddin Odilovga nisbatan chiqarilgan jinoyat ishlari bo‘yicha Past Darg‘om tuman sudining 2022 yil 1 iyuldagi qarori hamda ularga nisbatan chiqarilgan Samarqand viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasi qarori bekor qilingan. Blogerlarga nisbatan ochilgan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 271-moddasi 1-bandiga asosan tugatilgan.
Tavsiya etamiz
Yirik hisob retsepti. Arteta Anchelottini qanday dog‘da qoldirdi?
Sport | 11:29 / 09.04.2025
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yekaterinburgda oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayol va uning farzandlari O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 17:18
-
Davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi tasdiqlandi
Iqtisodiyot | 17:16
-
Abu-Dabida Rossiya va AQSh o‘rtasida mahbuslar almashinuvi bo‘lib o‘tdi
Jahon | 17:05
-
HAVAL'dan bahoriy yangilik: o‘z krossoveringizni 17 mln so‘mgacha foyda bilan tanlab oling!
Jamiyat | 17:00
Mavzuga oid

17:01 / 08.04.2025
Samarqand iqlim forumida qanday natijalarga erishildi?

14:48 / 08.04.2025
Samarqandda Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini kengaytirish uchun 217 ta turarjoy binosi buziladi

10:47 / 08.04.2025
Samarqandda haydovchi 25 nafar bolani Damas'ga mindirib ketayotgani aniqlandi

18:50 / 05.04.2025