May oyi boşida UzAuto Motors kompaniya bilan şartnoma imzolaş mumkin bölgan eng arzon modellar – 207 mln sömlik Onix va 211 mln sömlik Tracker-2 sotuvini töxtatgan edi.

Kun.uz UzAuto matbuot xizmatidan olgan ma’lumotga köra, yaqin kunlarda Onix va Tracker-2'ning yangi komplektatsiyalariga şartnoma beriş boşlanadi.

“Şartnoma beriş boşlanişi, agar rejalar özgarmasa, şu haftaga reja qilinyapti. Balki keyingi hafta boşida boşlanar. Şu sababli aniq muddatni aytişimiz biroz qiyin”, – dedi Kun.uz bilan suhbatda kompaniya vakili.

Uning qöşimça qilişiça, şartnoma tuziş töxtatilguniga qadar sotib kelingan komplektatsiyalardagi avtomobillar narxi özgarmaydi. Yangi komplektatsiyalar narxlari esa hali ma’lum emas.

Tracker va Onix'ning yangi komplektatsiyalari qatorida redline varianti ham bölişi aytilgan.

“Yangi variantlarda isitiladigan old örindiqlar, tozalaş zonasi, ikkinçi qator örindiqlari, rul, olti tomonlama sozlanişi, haydovçi örindiği, karter himoyasi, “redline” paketi böladi. Hozir yangi konfiguratsiyalar böyiça şartnomalar oçilişiga tayyorgarlik köryapmiz”, – degandi ötgan hafta kompaniya vakili.

Kompaniya Onix va Tracker'ga şartnoma berişni töxtatgaç, jamoatçilik UzAuto Motors avtomaşinalarining narxini yaqin kunlarda yana oşirişi mumkinligini taxmin qilgandi. Oxirgi 5 yil davomida UzAuto Motors narxlarni oşirişdan oldin har safar savdoni töxtatib qöyişni odat qilgan.

Sönggi marta Tracker narxi 2023 yil yanvarida oşgan, Onix narxi esa 2022 yil dekabr oyi oxirida e’lon qilingan edi.

Budjet modellar böyiça şartnoma qaçon tiklanişi hamon noma’lum

Ötgan yil dekabr oyi boşida budjet modellar – Damas, Labo, Cobalt va Gentra uçun şartnoma tuziş töxtatilgandi. Kun.uz muxbiri bilan suhbatda kompaniya vakili bu modellarga şartnoma beriş qaçon boşlanişi noaniqligini aytdi.