“IELTS'siz öqişga kirolmayman, işga joylaşolmayman, sertifikatsiz oyligim kam böladi yoki oşmaydi” — ingliz tilini örganayotgan köpçilik yoşlarda şunday öy-fikr hukmron. Bu özi ijobiy holatmi? Yoki buning salbiy jihatlari bormi? Kun.uz mavzu yuzasidan soha mutaxassislari bilan suhbat taşkil etdi.

Bugun inglizçani örganayotgan yoşlardan bu tilni özlaştirişdan maqsadini sörasangiz, ularning aksariyati IELTS olişim kerak, deb javob berişadi. Bu sertifikat yoşlarning hayotida özi qançalik ahamiyatga ega? Kun.uz mavzu atrofida kiçik sörovnoma ötkazdi.

Yoşlar nega IELTS'dan yuqori ball olişga harakat qiladi?

Kun.uz sörovnomasida qatnaşgan til örganuvçilar IELTS sertifikati ularga öqiş va yaxşi joyga işga kiriş uçun kerakligini bildirdi, ularning köpçiligi 7 va undan yuqori ball olişni istaşini aytdi. Ular IELTS'dan oladigan ballari oldlariga qöygan maqsadlariga erişişga qançalik boğliqligi haqidagi savolimizga quyidagiça javob berişdi.

— Agar men past ball oladigan bölsam, öqituvçi böla olmayman bu sohada. Öqituvçi böliş uçun yaxşigina natija kerak. Öquvçi ham, masalan, özim ham xohlamayman past ball olgan öqituvçida öqişni.

— Ba’zi çet el universitetlari yuqori balli IELTS sertifikatlarini talab qiladi. Yaxşi oliygohga topşirişim uçun muhim ahamiyatga ega.

— Qançalik yuqori ball olsam, maqsadlarimga şunçalik tezroq erişa olaman deb öylayman.

— Yuqori ball olsangiz, yaxşiroq joyda işlaş imkoni böladi.

— Katta rol öynaydi. Masalan, Vestminster universitetiga grantga kirişim uçun 7 balldan yuqori bölişi kerak. Aynan şuning uçun ham katta ahamiyatga ega.

Respondentlar orasida IELTS — oddiy bir sertifikat” ekanini, ingliz tilini esa şunçaki özi uçun öqişini aytganlar ham böldi.

“IELTS balliga qarab grant belgilaşning özi xato”

Özbekistondagi tajribali IELTS instruktorlaridan biri