JSSTning Özbekistondagi vakolatxonasi xabariga köra, Ziroat Mirziyoyeva onkologik kasalliklarga çalingan bolalarga tibbiy yordam körsatiş tizimini rivojlantirişdagi yetakçiligi va har bir bolaning soğlom hayot keçiriş huquqini global miqyosda ilgari surgani uçun taqdirlangan.

JSST boş direktorining global soğliqni saqlaş sohasidagi mukofoti 2019-yilda Tedros Adhanom Gebreyesus tomonidan taʼsis etilgan. U aholi salomatligini muhofaza qilişda alohida yetakçilik körsatgan va aniq natijalarga erişgan şaxslarga beriladi. Laureatlarni taşkilot boş direktori şaxsan tanlaydi.

Mukofot har yili çeklangan sondagi laureatlarga topşiriladi. Taqdim etilgan maʼlumotlarga köra, 2024-yilda uç nafar, 2025-yilda esa ikki nafar şaxs uşbu eʼtirofga sazovor bölgan.

2024-yilgi laureatlardan biri Barbados boş vaziri Mia Mottli bölgan. U iqlim özgarişi va uning inson salomatligiga taʼsiri masalalaridagi yetakçiligi, şuningdek, mikroblarning dori vositalariga çidamliligiga qarşi kuraş böyiça Global yetakçilar guruhi raisi sifatidagi faoliyati uçun taqdirlangan.

Öşa yili Katalin Kariko va Dryu Vaysman ham mukofot olgan. Ularning ilmiy tadqiqotlari COVID-19ʼga qarşi mRNK vaksinalarini yaratişga yöl oçgan. Olimlar uşbu texnologiyani rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun eʼtirof etilgan. Kariko va Vaysman 2023-yilda fiziologiya va tibbiyot böyiça Nobel mukofotiga ham sazovor bölgan.

2023-yilda mukofotlangan Piter Piot global soğliqni saqlaş sohasidagi köp yillik faoliyati bilan tanilgan. U Ebola virusining ilk bor aniqlanişi va dastlabki epidemiyani jilovlaş işlarida iştirok etgan. Keyinçalik OIV/OITSga qarşi xalqaro kuraşda yetakçi vazifalarni bajargan.

Garvard professori Pol Farmer esa 2022-yilda vafotidan söng taqdirlangan. U dunyoning kam taʼminlangan aholi qatlamlariga sifatli tibbiy yordam yetkaziş, soğliqni saqlaşda tenglik va inson huquqlarini himoya qiliş yölidagi faoliyati uçun eʼtirof etilgan.

Farmer Garvard tibbiyot maktabining Global salomatlik va ijtimoiy tibbiyot departamentiga rahbarlik qilgan, şuningdek, kam taʼminlangan aholiga tibbiy yordam körsatuvçi Partners In Health xalqaro taşkiloti hammuassisi bölgan.

Ziroat Mirziyoyevani taqdirlaş çoğida Tedros Adhanom Gebreyesus uning bolalar, ayniqsa, onkologik kasalliklar bilan kuraşayotgan bolalar manfaatlarini himoya qilişdagi faoliyatiga urğu bergan.

«Siz butun dunyoda bolalar, ayniqsa, onkologik kasalliklar bilan kuraşayotgan bolalar manfaatlari yölida çinakam kuraşçi, har bir bolaning taʼlim oliş va soğlom hayot keçiriş huquqining himoyaçisisiz», - degan JSST boş direktori.