Dauning-stritdagi boş vazir qarorgohi binosi oldida jurnalistlar qarşisiga çiqqan Jonson öz tarafdorlari va Britaniya xalqiga qöllab-quvvatlov uçun minnatdorçilik bildirgan hamda «dunyodagi eng yaxşi iş»dan ketayotganidan nihoyatda xafa ekanini, «ammo şunday bölib qolgani»ni aytgan.
U Ukraina xalqiga ham murojaat qilib, britan hukumati uning iste’fosidan keyin ham Ukrainaga yordam körsatişda davom etişini bildirgan.
Partiya yetakçiligi uçun kuraş şu yil yozda bölib ötadi va yangi boş vazir oktyabr oyida bölib ötadigan partiya konferensiyasida lavozimga kirişişi mumkin böladi.
Payşanba kuni konservatorlar partiyasida ham, muxolifatçilar tomonidan ham Jonsonni zudlik bilan ketişga çaqiriqlar yangradi. Ular mamlakat boşqaruvini hukmron partiyaning yangi rahbari saylanguniga qadar boş vazir örinbosari Dominik Raab öz zimmasiga olişi kerak deb hisoblaşdi.
«Öz nutqida Jonson bizga özining asosiy yutuqlari haqida eslatdi - breksitdan tortib kovidga qarşi vaksinatsiya dasturigaça», deya qayd etadi BBC’ning siyosiy korrespondenti Iyen Uotson.
Şuningdek, Jonson istar-istamas ketayotgani, lekin öz partiyadoşlari çaqiriqlariga quloq solişini aytgan. Jonson ularning mojarolarga norozilik sifatida iste’fo berişini «ekssentrik» deb atagan, lekin öz xatolarini tilga olmagan. U şunçaki hamkasblarini özini qöllab-quvvatlaşda davom etişga köndira olmagani uçun afsusdaligini bildirgan.

«Afsuski, mening argumentlarim natija bermadi va men endi juda köp ğoyalar va loyihalarni amalga oşira olmasligimdan ranjidim», deya qöşimça qilgan Jonson.
Hukumat inqirozi
Britaniya hukumatida boş vazirga işonçsizlik bilan boğliq jiddiy inqiroz bir neça oydan buyon rivojlanib, şu haftada avjiga çiqdi.
Jonsonning ketişi uning hukumati a’zolari tomonidan körsatilgan misli körilmagan darajadagi bosim natijasi böldi. Sönggi kunlarda 50 dan ortiq vazirlar va vazirliklarning yuqori martabali amaldorlari, şu jumladan Jonsonning ayrim yaqin tarafdorlari - moliya vaziri Rişi Sunak va soğliqni saqlaş vaziri Sajid Javid ham öz lavozimini tark etişdi.




















